E’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi: inson organizmida temir tanqisligi haqida jiddiy ogohlantiradigan alomatlar

Organizmdagi ba’zi vitamin va minerallarning yetishmasligi sizning umumiy holatingiz va tashqi ko‘rinishingizga ta’sir qiladi. Ushbu muhim alomatlarni o‘tkazib yubormang, deb yozadi The Voice Mag nashri.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Kuchli soch to‘kilishi

Odatda, soch to‘kilishi tanadagi temir tanqisligining dastlabki belgilaridan biridir. Agar soch taragandan so‘ng g‘ayrioddiy ko‘p to‘kilsa, bu tekshirish uchun jiddiy sababdir.

Charchoq

Yetarlicha uxlasangiz ham hamon charchoqni his qilsangiz, bu temir tanqisligining alomati. Bu hujayralar kislorod bilan kam ta’minlangani sababli sodir bo‘ladi.

Rangpar teri

Agar teringiz rangi odatdagidan oqarib ketgan bo‘lsa, sizda katta ehtimol bilan temir moddasi yetishmayapti. Gap shundaki, qondagi qizil qon tanachalari soni kamayadi, bu esa terini rangpar ko‘rsatadi.

Bosh og‘rig‘i

Bu alomat unutuvchanlik va diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar bilan birga kechayotgan bo‘lsa, unda siz, albatta, sog‘lig‘ingizni tekshirib, vitaminlarni qabul qilishni boshlashingiz zarur.

Bosh aylanishi

Hujayralarni kislorod bilan ta’minlashning yetarli emasligi, bu organizmda temir yetishmasligi bilan namoyon bo‘ladi, tez-tez bosh aylanishi mumkin, masalan, stuldan turganingizda.

Yurak tezligining oshishi

Temir tanqisligi bilan organizm hujayralarni yetarli miqdorda kislorod bilan ta’minlay olmasligi sababli yurak tezligini oshirish orqali buni qoplashga harakat qiladi.

Nafas qisilishi

Organizm nafas olishni ko‘paytirib, hujayralardagi kislorod yetishmasligi bilan kurashishga harakat qiladi.

O‘zingizda ushbu alomatlarni sezsangiz, sizni kerakli testlarga yo‘naltiradigan va muammoni hal qilishda yordam beradigan shifokorga tashrif buyurishdan tortinmang.

Temir yetishmasligi borasida gap ketganda vitaminlarni qabul qilishdan tashqari, ratsionga temir moddasi yuqori bo‘lgan ovqatlarni ham qo‘shishingiz mumkin. Quyida ana shunday mahsulotlarning ba’zilari.

Temirga boy oziq-ovqatlar:

  • mol go‘shti va jigari;
  • pista;
  • keshyu yong‘oqlari;
  • ovsyanka;
  • quritilgan o‘rik;
  • qovoq urug‘lari;
  • mayiz;
  • tofu;
  • ismaloq.

author info

Asila Aliboyeva

От qwert.uz