XXR Tabiiy resurslar vazirligi global iqlim oʻzgarishlarini oʻrganish uchun Arktikaga ilmiy ekspeditsiya yubordi. Bu haqda TASS Xitoy Markaziy televideniyesiga tayanib xabar bermoqda.

Manba:   «Mail.ru Hi-Tech».  

Арктика
Manba: Freepik

Nashrda qayd etilishicha, Dalian shahri portidan toʻrtta kema — “Syuelun”, “Syuelun-2”, “Tszidi” va “Tanso-3” yoʻlga chiqqan. Bu Xitoyning soni boʻyicha 16-arktika missiyasi ekanligi va u oktabr oyi boshida yakunlanishi taʼkidlanmoqda.

Ekspeditsiyadan koʻzlangan asosiy maqsad — global isish haqida yangi maʼlumotlarga ega boʻlishdan iborat boʻlib, uning taʼsirida Arktika mintaqasi sezilarli oʻzgarishlarga uchramoqda. Xitoylik mutaxassislar tezlashgan muz erishi jarayonini tahlil qilishni rejalashtirmoqda.

Bundan avval Edinburg universiteti olimlari Arktika dengiz muzlarining erishi, ilgari oʻylanganidek, okeanni sermahsulroq qilmasligini, aksincha, uni eng muhim ozuqa moddalaridan biri — nitratlardan mahrum qilishini aniqlagan edilar.

Iqlim

От qwert.uz