Xavfli kasallik sanaladigan qandli diabetning 9 alomati

Shifokorlar diabetni “nayranglari” ko‘p kasalliklardan biri deb atashlari bejiz emas: uning erta bosqichida odamga hech narsa zarar yetkazmaydi va deyarli hech qanday shikoyatlar bo‘lmaydi. Ammo sog‘liqqa ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lsangiz, ayrim o‘zgarishlarni sezishingiz mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Birinchi toifa diabet belgilari

Birinchi toifa diabet ko‘pincha juda tez rivojlanadi va aniq alomatlar bilan birga namoyon bo‘ladi. Ishtaha keskin ochiladi ammo shunga qaramay odam sezilarli vazn yo‘qotadi. Doimiy charchoq, chanqoq kuchayishi, hojatxonaga borish istagi juda tez-tez paydo bo‘ladi — ba’zan kechasi bir necha marta turishga to‘g‘ri keladi. Simptomlar odatda to‘satdan paydo bo‘ladi va ularni payqamay qolish deyarli imkonsiz. 

Ikkinchi toifa diabetning belgilari

Ushbu turdagi diabet eng keng tarqalgan bo‘lib, shu bilan birga, uni tashxislash qiyinroq. Chunki kasallik sekin rivojlanadi va alomatlar yengildir. Bu holda nimalarga e’tibor berish kerak? 

Foto: “Noviy ochag”

  • Chanqoq va og‘izning qurishi. Odam avvalgidan ko‘ra ko‘proq suyuqlik ichishni xohlaydi va ba’zi hollarda iste’mol qilinadigan suyuqlik miqdori kuniga 3-5 litrgacha oshadi.
  • Ozib ketish. Vazn tezda pasayadi, turmush tarzi va odatiy ovqatlanish bir xil bo‘lib qolsa ham. Ba’zida ishtaha keskin ochiladi.
  • Doimiy charchoq. Ertalab tongdanoq butunlay charchaganingizni, asabiylashish, holsizlik, uyquchanlik paydo bo‘lganini his qilasiz.
  • Peshob qilish tabiatidagi o‘zgarishlar. Bu avvalgidan ko‘ra ko‘proq sodir bo‘ladi.
  • Ko‘ngil aynishi. To‘satdan ko‘ngil aynishi va qayt qilish kuzatiladi.
  • Qo‘l va oyoqlar uvishishi, barmoqlarda sanchish hissi kuzatiladi.
  • Terining quruqlashishi. Teri quriydi, qichishish paydo bo‘ladi, yaralar va jarohatlar odatdagidan ko‘ra uzoqroq bitadi.
  • Yuqori qon bosimi.
  • Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari

Nega diabet belgilarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi?

Qandli diabet eng xavfli kasalliklardan biri bo‘lib, davolanmasa, gipoglikemiya va tom ma’noda 2-3 soat ichida rivojlanishi mumkin bo‘lgan komaga olib keladi. Ko‘pincha diabet yurak, buyraklar, ko‘rish qobiliyatining pasayishi (kam hollarda butunlay ko‘rlik) va asab tizimi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. 

author info

Komila Qalandarova

От qwert.uz