Источник: Google Gemini

Uy interneti sifatidan shikoyat qiladigan foydalanuvchilar juda tez-tez noto’g’ri sozlangan marshrutizator (roter) bilan to’qnash kelishadi. Bu haqida How-To Geek nashri xabar bermoqda.

   Manba:   «Mail.ru Hi-Tech».  

интернет сервер
Manba: Magnific

Birinchi navbatda mutaxassislar marshrutizatorda bitta ulanish bilan ishlaydigan ikkita tarmoq sozlangan emasligini tekshirishni maslahat berishdi. Shuningdek, mualliflar navbatni intellektual boshqarish (SQM) funksiyasini sozlashni tavsiya qilishdi. Ularning so’zlariga ko’ra, bu opsiya ushlanib qolishni (zaderjkani) kamaytirishga va bufer to’lib ketishi muammosini hal qilishga imkon beradi.

Mualliflar oshkor qilgan tezkor uy internetining sirlaridan biri DNS-serverni to’g’ri sozlashdir. Maqolada aytilishicha, uni mustaqil ravishda o’zgartirish yoki mutaxassisga murojaat qilish mumkin. Bundan tashqari, jurnalistlar ikkita tarmoq — 2,4 va 5 gigagerts chastotalarida — yaratish va ulangan qurilmalarni ular o’rtasida taqsimlashning foydasi haqida gapirib berishdi.

Xulosada mualliflar internetni tezlashtirishning eng oddiy usuli haqida so’z yuritishdi. Ular sifatli internet-ulanish muammosi marshrutizatorning noto’g’ri joylashuvida bo’lishi mumkinligini ta’kidlashdi. Shunday qilib, mutaxassislar routerni xonada imkon qadar yuqoriroqqa joylashtirishni va uni boshqa buyumlar bilan to’sib qo’ymaslikni tavsiya qilishdi.

Avgust oxirida BGR nashri jurnalistlari routerni kamida oyiga bir marta qayta yuklashni (perezagruzka qilishni) maslahat berishdi. Ular qayta ishga tushirilgandan so’ng devays vaqtinchalik keshni tozalashini, xavfsizlik protokollari va jarayonlarini qayta ishga tushirishini, shuningdek, turli ulanishlarni nolga tushirishini (sbrost qilishini) tushuntirishdi.

Internet

От qwert.uz