Devorlarda yoz fasli,
Chirqillar kaltakesak.
Koʼzga koʼrinmas asli,
Qidirib topay desak.

Uning shunday turi bor,
Rangi oʼgarib turar.
Daraxtda boʼlsa agar,
Daraxt rangiga kirar.

Oʼzgartirib jismini,
Barchani lol qoldirgan.
Shuning uchun ismini,
Xameleon qoʼyilgan.

Baʼzida insonlarda,
Uchraydi shunday «xislat».
Uchramasa agarda,
Xursand boʼlardik bexad!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz