Osmon uzra — uchaman asta,
Shaxar yotar — yastanib pastda.

«Tashvishlar»dan ancha yiroqman,
Begʼamlikka ancha mushtoqman.

Pastdan boqar oʼsha «tashvishlar»,
Menga qarab, qayrashar tishlar.

Bir zumgina boʼlsa xam bunda,
Xoli qoʼying — meni osmonda.

Bir oz muddat, uchib falakda,
Birdan jonim — qoldi xalakda.

Nega bunday?…Xa. toʼgʼri axir,
Xayot bizni — boshqarar moxir.

Chunki, xayot boʼlmas tashvishsiz,
Buni kechroq anglaymiz esiz…

…Xayot, kurash — ikkisi egiz,
Sokin yashar — jismlar xargiz!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz