Namanganda piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 8 yoshli bolani Damas urib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 14-aprel kuni soat 16:30 larda Namangan viloyati Namangan tumani “Mullaqudinov” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida haydovchi, 1986-yilda tug‘ilgan A.S. Damas rusumli avtomobilni boshqarayotib chap tomondan o‘ng tomonga yugurib yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtomobil ag‘darilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Oqibatda piyoda, 2013-yilda tug‘ilgan A.Sh. tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Namanganda Nexia haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli qizchani urib yuborgani, Namanganda MAN yuk mashinasi piyodani urib ketgani hamda Samarqandda Cobalt maktab oldidagi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 8 yoshli qizni urib yuborgani haqida xabar berilgandi.

От qwert.uz