Attention.plus. nashriyoti ta’kidlashicha, mevalarning bari foydali deb o‘ylash xatodir. Ayniqsa, bahor faslida sotiladigan meva va sabzavotlar genetik modifikatsiyalangan va kimyoviy moddalar me’yordan ortiq miqdorda qo‘shilgan bo‘ladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Pomidor

Foto: Klike.net

Mutaxassislar iste’molchilarni erta ko‘klamda pomidor sotib olishdan qaytarmoqda. Chunki bahorda yetishtirilgan aksariyat meva va sabzavotlarda yaxshi ta’m, hid va foydali xususiyatlar bo‘lmaydi.

Bodring

Foto: Mykaleidoscope

Bodring bilan ham xuddi shunday vaziyat: qishda bodring pestitsid yordamida o‘stiriladi va zararli modda bahorda unib chiqqan sabzavot tarkibida qolib ketadi.

Qulupnay

Foto: Dzen

Bahorda iste’mol qilish eng xavfli bo‘lgan meva — qulupnay deb topildi. Yanvar-fevral oylarida ekilgan rezavor meva haddan ortiq pestitsid va kimyoviy o‘g‘itlar bilan yetishtiriladi.

От qwert.uz