Kunlar isishi bilan salqin ichimlik hamda yaxna taomlarga bo‘lgan talab ortadi. Lifehacker nashri yozning jazirama kunlari uchun ayni muddao bo‘lgan okroshka retsepti bilan bo‘lishdi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- kartoshka — 4-5 dona;
 - tuxum — 4 dona;
 - bodring — 3 dona;
 - rediska — 200 gramm;
 - kolbasa — 250 gramm;
 - suv — 1 litr;
 - smetana — 250 gramm;
 - shakar — 1 choy qoshiq;
 - xantal — 1 osh qoshiq;
 - limon sharbati — 1 choy qoshiq;
 - tuz, ko‘k piyoz va ukrop.
 
Tayyorlanish jarayoni:
- Kartoshka 25 daqiqa, tuxum esa 10 daqiqa qaynatiladi. Sovitishga qo‘yiladi, so‘ngra tozalanadi.
 - Kartoshka, tuxum, bodring, rediska va kolbasa mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. Ko‘k piyoz hamda ukrop ham mayda to‘g‘raladi.
 - Barcha masalliq idishga solinib, qaynatilgan sovuq suv quyiladi.
 - Ustidan smetana, xantal, shakar va limon sharbati solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
 - So‘ngra tayyor bo‘lgan taom 1,5 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
 
Yoqimli ishtaha!
