Inson siydik rangini doim kuzatib borishi va bunga eʼtiborsiz bo‘lmasligi kerak. Chunki siydikdagi o‘zgarishlar juda og‘ir kasallikdan dalolat beradi. Bu haqda urolog Jamshid Narziqulov “Daryo”ga tushuntirish berdi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

 Jamshid Narziqulov
Jamshid Narziqulov

Siydik rangi to‘k sariq bo‘lsa

Siz kam suyuqlik isteʼmol qilyapsiz. Bu holatda organizmda suvsizlanish jarayoni kuzatilyapti. Bu yesa o‘z-o‘zidan buyraklarda tosh va tuzlar hosil bo‘lishiga olib keladi.

Shaffof va tiniq bo‘lsa

Siz meʼyoridan ortiqcha suyuqlik isteʼmol qilyapsiz. Bunday holatda kunlik suyuqlik miqdorini normaga keltirib olish kerak. Yaʼni kunlik suyuqlik miqdori 1,5-2,0 litrni tashkil etsin.

Qizil yoki pushti

Buyraklarda tosh ko‘chayotganidan dalolat beradi. Chuqurlashtirilgan tekshiruvlarda buyraklar shamollash qayd etilishi ehtimoli bor. Shuningdek, siydik yo‘llarida va siydik pufagida onkologik jarayonlar kuzatilayotgan bo‘lishi mumkin.

Sariq, somonrang

Bu norma hisoblanadi. Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q.

От qwert.uz