Ko‘pchilik uchun ertalab bir finjon qahva ichish odatga aylangan. Bu odat nafaqat uyg‘onishga, balki kun davomida quvvat olishga ham yordam beradi. Ammo har kuni qahva ichish tanamizga qanday ta’sir qiladi? Ushbu maqolada qahvaning kundalik iste’moli organizmga foyda yoki zarar keltirishi haqida so‘z boradi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Har kuni qahva ichish zararmi yoki foyda?
Qahva me’yorda iste’mol qilinsa, zarar emas. Tabiiy qahva donalarida yuzlab foydali moddalar mavjud. Agar har kuni me’yorda qahva ichsangiz, u hatto foyda ham keltirishi mumkin:
- Miya faoliyati yaxshilanadi: kofein hushyorlikni oshiradi, xotira, diqqat va reaksiyani yaxshilaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, qahva ichuvchilarda Parkinson va Altsgeymer kasalliklari xavfi kamayadi.
- Moddalar almashinuvi: metabolizmni 3–10% ga yaxshilaydi, jismoniy bardoshlilikni oshiradi.
- Hujayralarni himoya qiladi: antioksidantlar (flavonoidlar, polifenollar) hujayralarga zarar yetishini kamaytiradi.
- Qandli diabetga qarshi: kofein 2-turdagi diabet rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin.
- Ovqat hazm qilish: qahva gastrin ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, bu esa ichak faoliyatini yaxshilaydi.
JSST kuniga 300–500 mg kofein iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Bu taxminan 4–5 piyola donali qahvaga (masalan, ekspresso) teng. Biroq bu me’yor har bir odam uchun individual. Ba’zilar ikki piyoladan keyin ham o‘zini yomon his qiladi, boshqalar esa (masalan, Skandinaviya aholisi) bundan ko‘proq ichib, hech qanday salbiy ta’sir sezmaydi.Har kuni qahva ichishning xavflari

Asablar zo‘riqadi: bezovtalik, jahldorlik, hatto vahima xurujlari yuzaga kelishi mumkin.
Energiyadan holi bo‘lasiz: tetiklik o‘rniga charchoq va befarqlik paydo bo‘ladi. Organizm haddan tashqari toliqadi.
Yurak urishi tezlashadi: yurakning tez urishi — kofeindan ortiqcha iste’mol qilishning keng tarqalgan belgisi. Ayniqsa, gipertoniya (yuqori qon bosimi) yoki yurak ritmi buzilishi (aritmiya) borlar uchun bu xavfli. Bunday holatlarda qahvani tark etish tavsiya qilinadi.
Suyaklar zaiflashadi: ko‘p miqdorda qahva ichish (ayniqsa, yoshi katta odamlarda) kalsiy va magniyning kamayib ketishiga olib keladi.
Buyraklar xavf ostida: har kuni ko‘p qahva ichish, ayniqsa siydik-tosh kasalligiga moyillik bo‘lsa, buyrakda tosh (urat toshlari) paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ovqat hazmi buziladi: qahva oshqozon shirasi ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Buning oqibatida,qizish, ko‘ngil aynishi, og‘riq paydo bo‘ladi.
Temir va vitaminlar yomon so‘riladi: qahvadagi tanin moddasi temir, oqsil va ayrim vitaminlarning so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Vitaminlarni qahva bilan ichmang.
Qaramlik (odatlanish): muntazam iste’mol qilish natijasida organizm kofeinsiz ishlay olmay qoladi. Oqibatda bosh og‘rig‘i, holsizlik, asabiylik yuz beradi.
Uyqusizlik: kofein tanadan juda sekin chiqadi. Kechki payt ichilgan qahva uyquni buzadi. Soat 16:00 dan keyin qahva ichmaslik tavsiya qilinadi.
Donali yoki yangi maydalangan qahva har kuni ichish uchun eng foydali variant hisoblanadi. Chunki u antioksidantlarni ko‘p saqlaydi va kofein miqdori me’yorda bo‘ladi. Shuning uchun undan keladigan tetiklik ta’siri 1-2 soat davom etadi.
Tayyor maydalangan qahva har kuni: yangi maydalanganga nisbatan biroz kamroq xushbo‘y bo‘lishi mumkin, lekin baribir yaxshi tanlov hisoblanadi.
Organizmga zarar yetkazmaslik uchun quyidagi qoidalarga amal qiling:

Foto: Lisa.ru
Me’yorni biling: ko‘pchilik uchun kuniga 3–5 piyola donali qahva xavfsiz hisoblanadi. O‘z organizmingizga quloq tuting.
Sifatni tanlang: donali yoki yangi maydalangan qahvani afzal biling. Eritma qahva — ko‘p va har kuni ichish uchun yaxshi tanlov emas.
Och qoringa ichmang: har doim ovqatdan keyin ichish yaxshiroq.
Vaqtga e’tibor bering: soat 16:00 dan keyin ichmaslik tavsiya etiladi.
Sut qo‘shing: ko‘p ichsangiz, bu kalsiy yo‘qotilishini qoplashga yordam beradi.
Ogohlantiruvchi belgilarni tinglang: bezovtalik, yurak urishining tezlashuvi, uyqu buzilishi, oshqozon muammolari — bu “to‘xtash” signallaridir. Dozani kamaytiring.
Qahva o‘rnini bosuvchi foydali ichimliklar

Foto: Lisa.ru
Agar siz kofeindan voz kechmoqchi bo‘lsangiz, lekin ertalabki odatni yo‘qotishni istamasangiz — sizda ajoyib alternativlar bor. Ular ikki guruhga bo‘linadi:
1. Kofeinni oz miqdorda saqlovchi ichimliklar (kofeindan sekin voz kechish uchun)
Matcha (yashil choy kukuni): tarkibidagi L-teanin kofeinning ta’sirini yumshatadi — diqqatni oshiradi, lekin asabiylikka olib kelmaydi. Tetiklik ta’siri 4–6 soat davom etadi.
Ko‘k choy: bir piyolasida 50–80 mg kofein — bu qahvaga qaraganda ikki baravar kam. Kofeinning sekin so‘rilishi tufayli tetiklik yumshoq bo‘ladi. Kuniga 3–5 piyola — foydasi yuqori.
Kakao yoki issiq shokolad: tarkibidagi teobromin kayfiyatni yaxshilaydi (serotonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi). Shakar qo‘shilmagan, masalan, bodom suti bilan tayyorlangan variantlar kam kaloriyali va tolaga boy bo‘ladi.
2. Kofeinsiz to‘liq alternativalar
Chikori: ta’mi qahvaga juda o‘xshash — yong‘oq va karamel ohanglari bor. Inulin degan foydali prebiotikni o‘z ichiga oladi, ichak mikroflorasini qo‘llab-quvvatlaydi, hazmni yaxshilaydi va qondagi shakar darajasini pasaytiradi.
“Oltin sut” (golden milk): iliq sutga zarchava (kurkuma), zanjabil va dolchin qo‘shiladi. Kurkumin kuchli yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, miya faoliyatini yaxshilaydi. Zanjabil esa moddalar almashinuvini tezlashtiradi.
Rooibos (qizil choy): mevali, shirinimtir va shokoladga o‘xshash ta’mga ega. Antioksidantlarga boy (masalan, aspalatin), yurakni himoya qiladi va spazmlarni kamaytiradi. Uni hatto litrlab ichish mumkin.
Sog‘lom odam uchun, har kuni me’yorda ichiladigan sifatli qahva nafaqat yoqimli odat, balki foydali manba hisoblanadi. Qahva antioksidantlarga boy bo‘lib, stressga qarshi kurashishga yordam beradi. Shuningdek, uning tetiklik beruvchi ta’siri diqqatni, jismoniy chidamlilikni va kayfiyatni oshiradi.
Ammo bu yerda eng muhim so‘z — me’yor. Qahvani qaramlikka aylantirmaslik va o‘z tanangizning signaliga e’tibor berish juda muhim. Ortib ketgan kofein bezovtalik, uyqusizlik yoki hazm qilish muammolariga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun qahvani ongli ravishda iching: sifatli donalarni tanlang, uning xushbo‘y hididan va ta’minidan rohatlaning, va eng muhimi — o‘zingiz uchun qulay me’yorni biling.
