
So‘nggi yillarda berberin vazn yo‘qotish uchun navbatdagi tabiiy vosita sifatida mashhur bo‘lib ketdi. Sotuvchilarning ta’kidlashicha, berberin qondagi qand miqdorini barqaror saqlash, yallig‘lanishni kamaytirish, moddalar almashinuvini yaxshilash va yog‘ to‘planishini kamaytirish xususiyatlariga ega ekan. Aslida ham shundaymi?
— Manba: «Daryo» nashri.
Berberin nima?
Berberin — zirk, magoniya va koptis kabi gulli o‘simliklarda uchraydigan tabiiy modda hisoblanadi. Tarkibida berberin mavjud bo‘lgan o‘tlardan tayyorlangan damlamalar Xitoy an’anaviy tibbiyotida ichak infeksiyalari, immunitet tanqisligi, yurak yetishmovchiligi, xolesterin miqdorining oshishi va qon bosimining ko‘tarilishini davolashda qo‘llanib kelingan.

Berberin ozishga yordam beradimi?
21 ta tadqiqotning tizimli tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, kuniga 1 g berberin qabul qilish vaznni o‘rtacha 0,84 kg ga kamaytirishi mumkin. Ammo bu tajriba ortiqcha vazn, 2-toifa diabet va jigar kasalligi bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan. Sog‘lom insonlarda hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan. Shuning uchun berberinning vazn yo‘qotish samaradorligi hali ishonchli dalillarga ega emas.
Berberin organizmga qanday ta’sir qiladi?
Tanadagi “yomon” xolesterinni parchalaydi
Xolesterin- tanaga hujayra membranalari, gormonlar va ba’zi vitaminlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan yog‘ga o‘xshash moddadir. Agar qonda “yomon” xolesterin miqdori ko‘tarilsa, bu tomirlarda tromblar paydo bo‘lish xavfini oshiradi.
Bir vaqtning o‘zida uchta tizimli tekshiruv natijasi shuni ko‘rsatdiki kuniga 900-1 500 mg berberin qabul qilish umumiy va “yomon” xolesterolni kamaytirishi mumkinligini tasdiqladi. Ammo bu kabi ma’lumotlar hali yetarli emas.

Berberin organizmni insulinga bo‘lgan sezgirligini yaxshilaydi
Insulin — glyukozani mushaklarga yoki yog‘ hujayralariga yuborish orqali qonni tozalashga yordam beradigan gormon. Agar to‘qimalar insulinga sezgirligini yo‘qotsa, oshqozon osti bezi uni ko‘p miqdorda ishlab chiqaradi va bu kasalliklarga olib kelishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kuniga 600-1 800 mg berberin qabul qilish ushbu kasallikka chalingan bemorlarda insulin sezgirligini oshishiga yordam berdi.
.webp)
Biroq shifokor nazoratisiz diabet uchun berberinni qabul qilish mumkin emas. Nazoratsiz qabul qilish sog‘liq uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Berberinnig zarari bormi?
- Ko‘ngil aynishi,
- Qorin og‘rig‘i,
- Tanada shish,
- Qabziyat,
- Diareya,
- Bosh aylanishi,
- Hushdan ketish,
- Bosh og‘rig‘i,
- Mushak og‘rig‘i,
- Qon bosimini pasayishi,
- Yuqori dozalarda yurak ritmini buzilishi,
- Allergiya.

Shuningdek, berberin boshqa dorilar va qo‘shimchalar bilan birga qabul qilinsa, yon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agarda siz:
— qandli diabetdan aziyat cheksangiz, qondagi shakarni kamaytiradigan dori-darmonlarni qabul qilsangiz yoki qonda shakar miqdori past bo‘lsa;
— homilador yoki emizikli;
— immunitetni bostiruvchi dorilarni qabul qilish;
— jiddiy kasalliklardan aziyat chekish;
— autoimmun kasalliklarni davolash uchun suyak iligi yoki organ transplantatsiyasidan keyin sitostatiklar guruhining dori-darmonlarini qabul qilsangiz, bu preparatni qabul qilish mumkin emas.
Hozirgacha preparatning dozalash shakli vaznga ta’sir ko‘rsatish uchun juda kam faol moddalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun vazn yo‘qotish uchun taklif qilinadigan barcha berberin tabletkalari biologik faol qo‘shimchalar qatoriga kiradi.
Shu sabab vazn yo‘qotishda berberin natija bermaydi. Agar siz ortiqcha vazndan aziyat cheksangiz, vazn yo‘qotish rejasini tuzish uchun shifokorga boring yoki ishonchli usullarni sinab ko‘ring.

- 1. Ko‘p miqdorda sabzavot va mevalar, to‘liq donlar bilan sog‘lom ovqatlanishga o‘ting. Yog‘siz go‘sht va sut mahsulotlarini tanlang, qo‘shimcha shakar va trans yog‘larni kamaytiring.
- 2. Kunlik kaloriya miqdorini oshirmang. Energiya iste’molini biroz kamaytirishingiz mumkin — kuniga 500 kkaldan ko‘p emas.
- 3. Jismoniy faol bo‘ling. Doimiy ravishda, haftasiga 150-300 daqiqa yurish yoki 75-150 daqiqa intensiv jismoniy mashqlar bilan shug‘ullaning. Shuni yodda tuting, hatto 10 daqiqalik faollik hech narsadan qilmagandan yaxshiroqdir.
