
Manba: Freepik.com
Tibbiyot statistikasi anchadan beri dushanba kunlari yurak xuruji xavfi va xavotirlanish darajasi eng yuqori nuqtaga yetishini qayd etib kelmoqda. Ushbu hodisaning biologik isbotlash uchun Gonkong universiteti professori Tarani Chandola stress gormoni kortizol darajasini o‘rgandi.
— Manba: «Daryo» nashri.
Inson stressga uchraganda, miya qisqa muddatli stress bilan kurashish uchun energiyani safarbar qiladigan va diqqatni kuchaytiruvchi kortizol ishlab chiqaradi, deydi mutaxassis. 50 yoshdan oshgan minglab inglizlarning ma’lumotlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, aynan dushanba kuni xavotirlanganidan shikoyat qilgan odamlarda ikki oydan so‘ng kortizol darajasi o‘rtacha 23 foizga yuqori bo‘lgan.
E’tiborlisi shundaki, bu bog‘liqlik ham ishlaydigan, ham nafaqaga chiqqan tadqiqot ishtirokchilarida kuzatilgan. Haftaning boshqa kunlarida his qilingan xavotir gormonning bunday barqaror ko‘tarilishiga olib kelmagan. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, dushanba kungi stress uzoq muddatli ta’sirga ega va hayot davomida to‘planib, organizmning muvozanatini buzishi mumkin.

Hilola G‘iyosova
