Qonimizda eritrotsitlar — qizil hujayralar mavjud bo‘lib, ular organizm bo‘ylab harakatlanib, to‘qimalar va organlarga kislorod olib keladi va uglerod dioksidini olib chiqadi. Eritrotsitlar o‘z funksiyasini gemoglobin orqali bajaradi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Biz gemoglobin tufayli nafas olamiz desak, mubolag‘a bo‘lmaydi: gemoglobindagi temir molekulasi nafas olayotganda kislorod molekulalari bilan, nafas chiqarayotganda esa uglerod dioksidi molekulalari bilan bog‘lanadi.

Har bir eritrotsitda taxminan 400 million gemoglobin molekulasi mavjud bo‘lib, 1 gramm gemoglobin taxminan 1,5 ml kislorodni tashiydi. Shu sababli temir darajasi pasayganida, organizm kislorod yetishmovchiligini his qiladi va yurak bu kamchilikni qoplash uchun ko‘proq qon haydashga majbur bo‘ladi.

Bu holatning oqibatlari quyidagilarga olib kelishi mumkin:

  • Tez charchash;
  • Nafas qisishi, quloqlarda shovqin, ko‘z oldida “yulduzlar” va bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi;
  • Jismoniy yuklanishda nafas olish qiyinlashadi;
  • Teri yorilib, quruqlashadi;
  • Sochlar sinadi, yaltiramaydi, uchlari yomonlashadi;
  • Og‘iz burchaklarida yoriqlar, stomatit va yutish qiyinlashadi;
  • Uyqu buzilishi va xotira pasayadi.

Gemoglobin darajasining pasayishi temir tanqisligi anemiyasiga olib keladi. Bu xavfli holat bo‘lib, yillar davomida davom etishi mumkin. Temir yetishmovchiligi qondagi eritrotsitlar va gemoglobin darajasining pasayishiga sabab bo‘ladi, natijada charchoq, holsizlik va nafas olish muammolari yuzaga keladi.

Gemoglobinning tuzilishi va asosiy vazifalari - ifazo.uz

Sabablari

Ko‘p qon yo‘qotilishi eng ko‘p tarqalgan sabablardan hisoblanadi. Bu qon tomirlar distoniyasi va burundan qon ketganda kuzatiladi. Ayollardagi menstrual sikl bilan bog‘liq muammo ham bunga sabab bo‘lishi mumkin. Aniq sababini bilish uchun esa shifokorga murojaat qilish muhimdir. Shamollash, gripp singari kasalliklarda gemoglobinning tushishi kuzatiladi. Ammo organizm sog‘lomlashganidan keyin organizm tez o‘ziga keladi, surunkali kasalliklarda esa bunday bo‘lmaydi.

Gap shundaki, ushbu kasalliklarda organizm temirni qayta taqsimlashga majbur bo‘ladi. Masalan, keksa odamlarda anemiya buyrak, o‘pka, jigar va asosan kechishi uzoq bo‘lgan kasalliklarda kuzatiladi. Bundan tashqari, gemoglobinning keskin kamayishiga turli parhezlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Ratsionning balansda bo‘lmasligi sabab organizmda turli muammolar kuzatiladi. Parhez taomnomasidagi mahsulotlar tarkibida temir moddasi kam bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham iste’mol mahsulotlari borasida e’tiborli bo‘lish kerak.

Pakar Gizi UGM: Ini Tips Memilih Ikan, Daging dan Makanan Kaleng yang Baik

Qonda gemoglobin va temir darajasi qanday bo‘lishi kerak?

Gemoglobin darajasi erkaklar uchun 140—180 g/layollar uchun esa 120—160 g/l bo‘lishi kerak. Ammo gemoglobin darajasi me’yorda bo‘lsa ham, temir darajasi har doim ham me’yorda bo‘lmasligi mumkin. Temir yetishmovchiligi holatida, birinchi navbatda, organizm temir zaxiralarini sarflaydi, keyin esa qondagi temir miqdori kamayadi, oxirida gemoglobin darajasi tushadi. Bu holat yashirin temir tanqisligi deb ataladi. Shu sababli gemoglobin bilan birga ferritin darajasini ham tekshirishni tavsiya etamiz. Ferritin butun organizmdagi temir zapaslarini ko‘rsatadi va anemiyani aniqlashda yordam beradi.

article-image

Temir normasi erkaklar va ayollar uchun farq qiladi. Erkaklar uchun sutkalik temir normasi 8 mg, ayollar uchun esa 18 mg ni tashkil etadi, chunki ayollar sikl davomida temirni ko‘proq yo‘qotadi.

Davolash

Tarkibida temir moddasi bisyor bo‘lgan jigar, buyrak va til go‘shtini iste’mol qiling. Yo bo‘lmasa, grechka, no‘xat, loviya, chernika, shokolad hamda qo‘ziqorinni ham ratsionga kiritish tavsiya qilinadi. Ushbu mahsulotlar tarkibida temir moddasi bisyor. Go‘sht mahsulotlarini yeyishni kanda qilmang: quyon, qo‘y, mol go‘shtlarida temir moddasi 2—4 milligrammgacha bo‘lishi mumkin.

Sog'liq uchun foydali bo'lgan 10 xil yorma mahsulotlari

Shu bilan birga, yorma yeyishni ham unutmang. Ularda temir moddasi go‘shtdan kam bo‘lmaydi. Guruch, manniy, arpa yormasi bu borada ayni muddao hisoblanadi. Ammo ushbu mahsulotlarni ratsionga kiritishning o‘zi yetarli emas. Natijaga erishish uchun zararlilaridan, ya’ni temirning so‘rilishiga qarshilik qiladigan kalsiyga boy yeguliklardan ham tiyilish kerak. Choy va qahvadan tashqari, non, makaron va boshqa undan tayyorlangan mahsulotlar shular jumlasidan. Gap shundaki, bug‘doy va boshoqli mahsulotlar temirning organizmga singishiga to‘siq bo‘lishi mumkin.

author info

Hilola G‘iyosova

От qwert.uz