Bugungi kunda teflonli tova va qozonlar ommalashgan. Afsuski, ba’zi uy bekalari teflon kabi sanoat mahsuloti inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini tasavvur ham qilmaydi. Tadqiqotlar natijasida amerikalik olimlar shikastlangan teflon inson organizmi uchun xavfli (zaharli va kanserogen) moddalarni ajratishini isbotladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Odatda bunday moddalar teflon tovalar qizdirilganda ajralib chiqadi. Eng xavflisi, bu moddalar nafaqat qondagi xolesterin darajasini oshirishi, balki xavfli saraton rivojlanishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, AQSHning nufuzli Atrof-muhitni muhofaza qilish federal agentligi (EPA) teflon qoplamali tovalarni ishlab chiqarishni taqiqlagan.

Bu mahsulot nafaqat oshxona tovalarini, balki yurak klapanlarini, mikroto‘lqinli pechlar uchun popkorn paketlarini ishlab chiqarishda, shuningdek to‘qimachilik va aerokosmik sanoatda ham qo‘llaniladi. Bir tomondan, bu mahsulot katta daromad keltirsa, boshqa tomondan, butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ta’kidlash joizki, 2015-yilga kelib teflondan foydalangan holda har qanday mahsulot, jumladan, oshxona anjomlarini ishlab chiqarish butunlay taqiqlanadi. Teflon qoplamasining sog‘lom muqobili — sopol yoki sopol qoplamali idishlar bo‘lib, ularni ishlab chiqarish so‘nggi paytlarda tobora ommalashib bormoqda.

Teflon qoplamaning zarari nimada?

Kuyishga qarshi tovalarni tayyorlashda ishlatiladigan asosiy tarkibiy qismlar orasida PFOA (perftoroktan kislotasi) va PTFE (politetraftoretilen) ajralib turadi. Zamonaviy fan ushbu komponentning barcha xususiyatlarini o‘rganib, undan foydalanishni kamaytirishga harakat qilmoqda. PFOA ning inson salomatligiga salbiy ta’siriga misol qilib, 1981-yilda tug‘ilgan Uilyam Beyli III ning ko‘plab tug‘ma nuqsonlar bilan dunyoga kelishini keltirish mumkin. Uning onasi PFOA faol ishlatiladigan korxonada ishlagan.

Aniqroq aytganda, bugungi kunda teflon quyidagilarda mavjud:

  • oshxona idishlarida;
  • kompyuter mikrosxemalarida;
  • tish ipida;
  • mebellarda;
  • soqol olish ko‘piklarida;
  • jarrohlik asboblarida;
  • kattalar, bolalar va hatto chaqaloqlar kiyimida;
  • chiroq lampalarida va hokazo.

Teflon qoplamasiga muqobil

Bugungi kunda teflonga ikki xil muqobil mavjud — bular tosh qoplama va sopol qoplama. Ushbu qoplamalarni qisqacha tahlil qiladigan bo‘lsak, ular yopishmaydigan xususiyatlari jihatidan teflonning barcha afzalliklariga ega (taom ham tova yuzasida sirpanadi, yopishmaydi va kuymaydi), ammo shu bilan birga ular ekologik toza va foydalanish uchun xavfsizdir.

Tosh tova

Shuningdek, teflon qoplamasi o‘rniga butunlay yopishmaydigan qoplamasiz idishlarni ham ko‘rib chiqish mumkin. Masalan, cho‘yan yoki po‘lat tovalar. Bunday mahsulotlar yopishmaydigan qatlami bo‘lmagani uchun ekologik jihatdan eng xavfsiz hisoblanadi.

Eng muhimi, bunday idishlarni ishlab chiqarishda perftoroktan kislotasi (PFOA) va politetraftoretilen (PTFE) ishlatilmaydi, teflon qoplamali idishlar haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ular yetarlicha yuqori darajada korroziyaga, yeyilishga va issiqlikka chidamli, hamda mustahkamdir.

Tosh-sopol qoplamalar

Tosh va sopol qoplamali idishlarning o‘ziga xos xususiyatlari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • inson salomatligi uchun mutlaq xavfsizligi;
  • a’lo darajadagi yopishmaydigan sifatlari;
  • taom tayyorlashda energiya va vaqtni tejashi;
  • yuqori haroratda xavfsiz qovurish imkoniyati;
  • yuvish osonligi.
  • ishonchlilik va ekologik tozalik

Yangi idish sotib olishdan oldin, xaridingiz sog‘lig‘ingizga zarar yetkazmasligini o‘ylab ko‘ring — ekologik toza mahsulotlarni tanlang.

author info

Hilola G‘iyosova

От qwert.uz