Vazn tashlash uchun uglevodlardan tiyilish kerakligi haqiqat. Ammo undan butkul voz kechish ham yaramaydi, gap shundaki aynan uglevodlar organizmni energiya bilan ta’minlaydi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”

“Yomon” uglevoddan voz keching

Pitssa, kartoshka fri va boshqa shirinliklarni yaxshi ko‘radigan bo‘lsangiz, yengil uglevodlardan birdaniga voz kechish tavsiya qilinadi. Gap shundaki, bundan keyingi stress alal-oqibat irodasizlik qilishga olib kelishi mumkin. Buning o‘rniga bir yegulikdan butunlay voz kechganingiz yaxshi.

Barra sabzavot va mevalar iste’mol qiling

Oddiy uglevodlarga boy meva va sabzavotlar organizmni kerakli moddalar bilan ta’minlash xususiyatga ega. Shuningdek, ushbu mahsulotlarda uzoq vaqt to‘q tutadigan kletchatkalar ham bisyor.

Ratsionda uglevodlar 10 foiz bo‘lsin

Parhezshunoslarning ma’lum qilishicha, ratsiondan 90 foiz foydali, sog‘lom mahsulotlar o‘rin oladigan bo‘lsa, qomat bilan hech qanday muammo bo‘lmaydi.

Ovqatdan avval bir stakan suv iching

Oddiy, ammo foydali tavsiya: uglevodga boy taom iste’mol qilishdan avval bir stakan suv ichishni kanda qilmang. Oshqozonning ma’lum qismi bandligi hisobiga odam ortiqcha ovqatlanib yubormaydi.

“To‘g‘ri” uglevodlarni iste’mol qiling

Uglevodlar hamma vaqt ham zararli emas, ulardan ayrimlari ozishga yordam berishi mumkin.

От qwert.uz