Ba’zilar ko‘proq uxlash umidida muntazam ravishda nonushtadan voz kechadi. Biroq bunday tanlov har doim ham sog‘liq uchun yaxshi emas va bu energiyaning ortishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun nonushta eng muhim ovqatlanish hisoblanadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Pinterest

Energiyani oshiradi

Uzoq uyqudan keyin organizm taxminan 10-12 soat davomida oziqlanmaydi. Sog‘lom nonushta organizmning energiya va ozuqa moddalari zaxiralarini to‘ldiradi. Ertalabki ovqatni o‘tkazib yubormaydiganlar o‘zlarini hushyor va faol his qiladi, shuningdek, ular uchun diqqatni vazifalarga jamlash va yangi ma’lumotlarni yodda saqlash osonlashadi.

Vitamin va minerallar kunlik miqdorining bir qismini beradi

Inson sog‘lig‘ini saqlash uchun har kuni ma’lum miqdorda ozuqa olishi kerak. Nonushta qiladiganlar tavsiya etilgan kunlik vitamin va minerallarning biq qismini iste’mol qiladi. Biroq ratsionda kletchatka va oqsilga boy sog‘lom mahsulotlarga ustunlik berish kerak. Kunni fastfud bilan boshlash salomatlikni yaxshilashi dargumon.

Vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Nonushta qilish tushlik bo‘lmay turib, ochlikni his qilishdan saqlaydi, shuning uchun duch kelgan taomlarni iste’mol qilish ehtimoli kamayadi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ertalabki ovqatni o‘tkazib yuboradiganlarda ortiqcha vaznga ega bo‘lish xavfi ko‘proq.

Agar nonushta qilishga vaqt yo‘q bo‘lsa, unda gazak uchun variantlarni oldindan o‘ylab ko‘rish va ozuqaviy moddalarga boy – yogurt, meva, sabzavotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

От qwert.uz