Tishlarni sog‘lom saqlashda yordam beradigan eng oddiy odatlar

Sog‘liq uchun mas’uliyatni har kim o‘z zimmasiga olishi va sog‘lom odatlarni rivojlantirishi uchun hech qachon kech emas. Bu ovqatlanish, turmush tarzi, jismoniy mashqlar va albatta, tishlar parvarishini o‘z ichiga oladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Cosmopolitan

Stomatologiya sohasidagi bir qancha ixtirolar muallifi stomatolog– Vyacheslav Minko o‘z tajribasi va bemorlarining fikr-mulohazalari asosida, shakllanishiga hech qachon kech bo‘lmagan bir qator odatlarga e’tibor berishni maslahat beradi.

Ertalab va kechqurun tishlarni parvarish qilish

Bu odatni har bir kishi bolaligidan shakllantirishi kerakdek tuyiladi, lekin aslida ko‘pchilik kechqurun tishlarini yuvishga dangasalik qiladi. Natijada tungi dam olish vaqtida tishlar umuman dam olmaydi, balki bakteriyalarning salbiy ta’siriga duchor bo‘ladi.

Tishlarni muntazam professional tarzda tozalash

Bu sog‘lom tishlarni saqlash va ularni yanada estetik ko‘rinish bilan ta’minlash uchun juda muhim jarayon. Buni ayrim insonlar uchun qandaydir tartib deb o‘ylamaslik kerak. U sog‘liq uchun juda muhimdir. Tavsiyalarga ko‘ra, har olti oyda bir marta stomatolog tomonidan tishlar tozalanishi kerak, shuningdek, shifokor individual tavsiyalar berishi ham mumkin.

Irrigatordan foydalanish

Tishlarga irrigator, tish ipi va cho‘tka bilan g‘amxo‘rlik qilish muhim va zarur. Ko‘pchilik uchun irrigatordan foydalanish qiyin bo‘lib tuyiladi, lekin tish iplari haqiqatan ham hech narsani tozalamaydi, bu vositalarning barchasi hech qanday ta’sir ko‘rsatmasdan faqat tish parvarishlash vaqtini ko‘paytiradi.

Aslida irrigator gigiyena protseduralarini bajarishda hech qanday murakkab narsa yo‘q. Tish shifokori optimal model haqida maslahat berishi, shuningdek, ip va cho‘tkadan qanday foydalanishni taklif qilishi va ko‘rsatishi mumkin.

Ushbu qurilmalarni uyda doimiy ravishda ishlata boshlagan barcha bemorlar sog‘lom tishlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunda irrigator, tish iplari va cho‘tka sotib olish qiyin emas, buni har qanday do‘konlardan xarid qilish mumkin.

Profilaktika uchun tish shifokoriga tashrif buyurish

Bu haqda hamma biladi, lekin vaqt ajratmaydi. Shuning uchun kunning bir qismini ajratish kerak. Har olti oyda shifokorga tashrif buyurishni unutmaslik lozim. Natijada davolanishga kamroq pul sarflanadi, chunki kasallikni davolashdan ko‘ra, muammoning oldini olish yaxshiroqdir.

Ratsionni o‘zgartirish

Sut va fermentlangan sut mahsulotlari, xom sabzavotlar va mevalar, dengiz baliqlarini ratsionga kiritish tavsiya etiladi. Ammo shirinliklarni kamroq iste’mol qilish kerak. Bu nafaqat tishlar salomatligi uchun, balki butun organizm – suyak, qon tomirlari, yurak uchun ham foydalidir.

Ushbu odatlarning barchasi turmush tarzini tubdan o‘zgartirish, ko‘p vaqt va kuch talab qilmaydi. Natija esa uzoq kuttirmaydi va o‘ylagandan ham yaxshiroq bo‘ladi.