Yilning istalgan vaqtida tomoq og‘rig‘i kuzatiladi. Virusli infeksiya bilan tomoqdagi noqulaylikka qarshi qanday kurashish mumkin? Quyida bunga yordam beradigan bir nechta foydali layfxaklar bilan tanishib chiqing.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Pinterest

Tomoqni chayish

Qimmatbaho kukunlar yoki moychechak kabi dorivor giyohlarga pul sarflashning keragi yo‘q. Yarim choy qoshiq tuz bir stakan suvda eritilib, tomoqni har ikki soatda chayqash kerak. Lekin sirka qo‘shib bo‘lmaydi, u tish emalini zararlaydi.

Sovuq ichimliklar

Qariyalarning qaytarishlaridan farqli o‘laroq, sovuq ichimlik tomoq og‘rig‘i va yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi.

Muz

Agar sovuq ichimlik ichish yoqmasa yoki qo‘rquv bo‘lsa, suyuqlikni muz bo‘lagi bilan almashtirish mumkin.

Havoni namlash

Quruq havo sog‘ayishga yordam bermaydi. Tez-tez havo namlantirgichdan foydalanish yoki iliq dush qabul qilish kerak.

Zararli narsalardan saqlanish

Gazlangan ichimliklar, sovuq ovqatlar, sitrus mevalari tomoqqa zararli.

Giyohli choy ichish

Bu og‘riqni kamaytirishga va immunitetni yaxshilashga yordam beradi.

Asalni iste’mol qilish

Asalning o‘zini yoki choyga qo‘shib ichish tavsiya etiladi. Uning antibakterial ta’siri mavjud.

Kamroq gapirish

Shunda tomoq og‘rig‘i tezroq o‘tib ketadi. Aks holda, bir necha kun davomida ovozda xirillash kuzatiladi.

Tish cho‘tkani almashtirish

Bakteriyalar unda ham ko‘payadi. Ikkilamchi infeksiyaning oldini olish uchun uni kasallikning boshida va sog‘ayishdan keyin o‘zgartirish kerak.

Shifokorga murojaat qilish

Yuqori isitma, tomoqning qattiq og‘rishi, tupukdagi qon terapevt bilan bog‘lanish va keyin nima qilishni hal qilish uchun jiddiy sababdir.

От qwert.uz