Tug‘uruqdan keyingi ozish: 4 ta oddiy qoida

Agar homiladorlik va tug‘uruqdan keyin tezda normal holatga qaytishni istasangiz, ushbu oddiy maslahatlarga amal qiling.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Journal Tinkoff

Dam oling

Birinchi galda qiladigan ishingiz — dam olish. Siz onasiz va ishoning, siz go‘zalsiz. Kir futbolkada ham, sochlaringiz taralmagan, ko‘z ostingiz uyqusizlikdan qoraygan bo‘lsa ham. Vazningiz va belingizning o‘lchami haqida tashvishlanish ham shart emas. Stress — siz va bolangizga kerak bo‘lmagan narsa. Shuning uchun oldingizga yengil va kichik maqsadlar qo‘ying. Haftada yarim kiloga ozish ham kichik narsa emas, bir necha oy ichida bu kichik “yo‘qotishlar” ajoyib natijaga olib keladi.

Sayr qiling

Metabolizmni “uyg‘otish” va hayotingizga jismoniy faollikni qo‘shishning eng oson va juda samarali usuli — yurish. Toza havo va quyosh nuri yog‘ yo‘qotishni tezlashtirishga yordam beradigan qo‘shimcha omillardir, shuning uchun qulay poyabzal kiying, telefoningizga mos musiqa (yoki qiziqarli ma’ruzalar) yuklang va sayrga boring.

Foto: Journal Tinkoff

Uyqudan voz kechmang

Ko‘pincha yosh onalarga “dangasa bo‘lmaslik” (bola tarbiyalayotgan ayollarni dangasa deb hisoblaydiganlar qanday odamlar ekan) uchun chaqaloq uxlayotganda turli xil foydali mashg‘ulotlarga vaqt ajratish bo‘yicha tavsiyalar berishadi — tozalash, pishirish, sport mashqlari kabi. Biz bunga qat’iyan qarshimiz: yosh ona qilish kerak bo‘lgan eng muhim narsa bu — bo‘sh vaqtida uxlashdir. Uxlash asab tizimini qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, metabolizmni yaxshilashga yordam beradi va ortiqcha yog‘larni yo‘qotishga yordam beradi.

O‘z vaqtida ovqatlanishga harakat qiling

Ma’lumki, yosh onalarning vaqti ularga bog‘liq emas va ba’zida biror narsa yeb olish uchun bir daqiqa topish deyarli imkonsiz. Ammo baribir, hech bo‘lmaganda nonushta qilishga harakat qiling va kun davomida to‘yimli va foydali narsa yeb yuring. Meva va sabzavotlar, yong‘oqlar, sut mahsulotlari — bularning barchasi energiyangizni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi, qomatingiz foydasiga ishlaydi.