Sochlar bir necha oy davomida almashinib turadi, odam kuniga 50-100 tagacha soch tolasini yo‘qotadi va bu normal holat. Ammo bu ba’zida turli kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin. Quyida soch to‘kilishining asosiy sabablarini ko‘rib chiqamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Getty Images

Irsiyat

Agar ota-onalardan birida bunday muammo bo‘lsa, u farzandga ham o‘tishi mumkin. Jarayon ba’zan 25-30 yoshda boshning ma’lum bir qismida yoki butun yuzada soch siyraklashishi bilan boshlanadi. Shifokorlar genetik testlar va bosh terisi biopsiyalarini o‘tkazadi: agar soch follikulalari maydalashib ketsa, muammo genlarda.

Davolash: Bunday holda soch to‘kilishini oldini olishning hech qanday usuli yo‘q, lekin jarayonni sekinlashtiradigan vositalarni topish mumkin.

Volchanka (teri sili)

Bu immunitet tizimi sog‘lom to‘qimalarga hujum qiladigan autoimmun kasallikdir. Soch to‘kilishiga qo‘shimcha ravishda u doimiy charchoq, bosh va mushaklar og‘rig‘i, yorug‘likka ta’sirchanlik bilan birga keladi. Volchanka qon testi va bir qator simptomlar yordamida aniqlanadi.

Davolash: shifokor tomonidan belgilanadi. Agar bosh terisi ham qichisa, dori-darmonlar ro‘yxatiga dorivor kremlar ​​qo‘shiladi.

Anemiya

Temir moddasiga boy mahsulotlarni yoqtirmaydiganlar anemiyaga moyil bo‘ladi. Natijada qondagi kislorodni tana bo‘ylab tashish uchun yetarli darajada qizil qon tanachalari mavjud bo‘lmaydi. Sochlar to‘kiladi, konsentratsiya yo‘qoladi, charchoq paydo bo‘ladi.

Davolash: Ferritin va gematokrit testlaridan so‘ng shifokor tarkibida temir bo‘lgan dorilarni, shuningdek, go‘sht, baliq va loviyaga boy parhez buyurishi mumkin.

Polikistoz

Bunday hollarda sochlar ko‘pincha kerak bo‘lmagan joyda, masalan, yuzda o‘sishni boshlaydi. Shuning uchun ham boshda soch kam bo‘lishi mumkin.

Davolash: shifokor testosteron darajasini pasaytirish va noxush alomatlarni davolash uchun gormonal tabletkalar buyuradi.

Bosh terisi bilan bog‘liq muammolar

Dermatit, psoriaz, zamburug‘ infeksiyalari soch o‘sishiga to‘sqinlik qiladigan bosh terisi yallig‘lanishining eng keng tarqalgan sabablari hisoblanadi. Qazg‘oqli dermatitni oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin, bundan tashqari, sochlar tezroq ifloslanadi. Psoriaz terida ko‘zga ko‘ringan blyashalarni, zamburug‘ infeksiyalari esa qizil dog‘larni hosil qiladi.

Davolash: qazg‘oqli dermatitda maxsus shampun, psoriazda dori-darmon va turli xil terapiyalar, zamburug‘li infeksiyada zamburug‘ga qarshi vositalar yordam beradi. Bularning barchasi shifokor tomonidan belgilanadi.

Alopesiya

Immun tizimi soch follikulalariga hujum qiladigan autoimmun kasallik. Buning sabablaridan biri og‘ir stress bo‘lishi mumkin, ko‘pincha nima sababdan yuzaga kelishi ma’lum bo‘lmaydi. Alopesiyaning uch turi mavjud: lokal (boshida sochsiz yumaloq joylar), total (boshning to‘liq kalligi), universal (butun tanadagi sochlarning to‘kilishi).

Davolash: shifokor soch to‘kilishi uchun steroidlar va dori-darmonlarni buyuradi. Bundan tashqari, stress darajasini kamaytirish tavsiya etiladi.

Faol parvarish

Shampun, fen va soch turmaklash vositalaridan tez-tez foydalanish sochlarga zarar yetkazadi. Ular zaif va mo‘rt bo‘lib, to‘kila boshlaydi.

Davolash: fen o‘rtacha quvvat va haroratda ishlating. Bunday hollarda soch turmaklash vositalarini ishlatmagan, soch rangini tubdan bo‘yamagan ma’qul.

От qwert.uz