Suvli qadoq paydo bo‘lganda nima qilish kerak?

Odatda oyoq barmoqlarida suvli qadoq yangi poyabzalni birdaniga kun davomida kiyish natijasida kuzatiladi. Wday nashri bunday vaziyatda nima qilish kerakligini va qadoqni qanday davolash kerakligini ma’lum qildi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Wday

Suvli qadoq nima?

Tiniq suyuqlik to‘plangan teridagi qabariq suv qadog‘idir. Terining ishqalanish joyida ustki qatlam ko‘chadi va uning ostida hujayralararo suyuqlik to‘planadi. Dastlabki bosqichda qadoq shishmaydi, u faqat davomli ishqalanish bilan paydo bo‘ladi.

Qoida tariqasida, qadoq nozik teriga ega odamlarda hosil bo‘ladi. Suv pufagining yuzasiga teginish og‘riq bilan birga kechadi. Pufakdagi terining tasodifiy yoki qasddan ochilishi bilan suyuqlik undan oqib chiqadi. Yara hosil bo‘lib, unga infeksiya osongina kirib boradi. Va bu juda xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Suvli qadoq paydo bo‘lganda nima qilish kerak?

  • Agar qadoq kichkina bo‘lsa, uni bakteritsid plastir bilan yopish mumkin. Unga ostiga ozgina yarani davolovchi krem qo‘yish tavsiya etiladi.
  • Agar pufak kattaroq hajmga ega bo‘lsa, unda jarroh bilan maslahatlashish yaxshiroqdir. U tozalik shartlariga rioya qilgan holda pufakchani ochadi, yarani davolaydi va keyingi harakatlar bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Agar tasodifan suvli qadoq yuzasidan teri ko‘chib tushsa, nima qilish kerak:

  • shikastlangan sirtning yarmi yoki undan ko‘pi yirtilmagan bo‘lsa, olib tashlamaydi;
  • teri ko‘chgan joyni vodorod periks bilan namlab, zelyonka surtish kerak;
  • pufak bint bo‘lagi bilan bosiladi, shunda suyuqlik oqib chiqib ketadi;
  • terining yuzasiga antibiotikni o‘z ichiga olgan har qanday mazni qo‘llash mumkin, uni bakteritsid plastir bilan yoki bint bilan o‘rash lozim;
  • bog‘lamni kuniga ikki marta o‘zgartirish va kechasi olib tashlashni unutmaslik kerak.
Блок RTB — Моб.F.Ad (ID блока: R-A-493493-6)

Agar organizm maz tarkibidagi antibiotik bilan kelisha oladimi yoki yo‘qligini bilmasangiz, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Ko‘pchilikning ba‘zi dorilarga allergiyasi mavjud. Shuning uchun tavakkal qilmang.

Agar isitma paydo bo‘lsa, o‘zingizni zaif his qilsangiz darhol shifokor bilan maslahatlashing! Agar yarada yiring va uning atrofida qizil shish paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishni kechiktirmaslik kerak.

Suvli qadoqning eng katta xavfi infeksiya ehtimolidadir. Suvli qadoq epidermisning sirt qatlamining ajralishi bo‘lib, unda pufakcha limfa suyuqligi bilan to‘ldiriladi. Buni quyidagicha davolash ham mumkin:

  1. Avval teri antiseptik eritma bilan davolanadi.
  2. Yupqa igna bilan qadoqning sirt qatlamini teshiladi.
  3. Suyuqlik siqib chiqariladi.
  4. Yana antiseptik surtiladi.
  5. Bo‘shliq yana suv bilan to‘masligi uchun qattiq bog‘lam taqiladi.

Qoida tariqasida, bir yoki ikki kundan keyin bu jarayon tugaydi, terining sirt qatlami asta-sekin o‘ladi va uning o‘rnida sog‘lom pushti teri hosil bo‘ladi.