Ba’zi mahsulotlar yillar davomida vazn yo‘qotishga to‘sqinlik qilib keladi. The Voice Mag nashri taqdim etgan 6 turdagi ushbu mahsulotni iloji boricha kamroq iste’mol qilish  tavsiya etiladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: The Voice Mag

Ba’zida nima uchun o‘z-o‘zidan vazn ortib borayotganini tushunib bo‘lmaydi. Allaqachon shirin va kraxmalli mahsulotlardan cheklanish, kichik porsiyalarda ovqatlanishga amal qilinsa-da, lekin negadir vazn olish davom etaveradi. Ehtimol, ratsionda zararsiz ko‘rinadigan mahsulotlar mavjud bo‘lib, ular orzudagi qomatga erishishga xalaqit berayotgandir.

Qadoqlangan sharbatlar

Sotib olingan sharbatning bir stakanida 30 gramm shakar mavjud. Bu kunlik ehtiyojning yarmidan ko‘p deganidir. Shuning uchun, qadoqlangan sharbatlarni qanchalar yoqimli bo‘lmasin, ularni har doim emas, faqat bayram kunlaridan ichish tavsiya etiladi.

Makkajo‘xori yormasi va myusli

Ushbu mahsulotlar ham ko‘rinishidan foydaliga o‘xshaydi. Aslida, o‘rtacha porsiyada taxminan 30 gramm shakar mavjud bo‘lib, bu JSST tomonidan tavsiya etilgan standartlar bo‘yicha kunlik qiymatning yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Myusli yoki yormani oddiy bo‘tqa bilan almashtirish foydaliroq.

Yogurt va tvorog

Laktozaga qo‘shimcha ravishda ko‘pincha foydali deb ta’kidlangan ushbu mahsulotlarda ham shakar mavjud. Qo‘shimchalarsiz yogurt va tvoroglar bundan mustasno. Biroq diqqat bilan tanishish kerak: ba’zida ishlab chiqaruvchilar toza mahsulot tarkibiga ham shakar va konservantlarni qo‘shishga harakat qiladi.

Uchtasi birda qahvasi

Aksariyat xodimlar ish jarayonida kuniga bir necha martalab uchtasi birda qahvasini ichadi va qanday qilib ortiqcha vaznga ega bo‘layotganini sezmaydi. Axir, ushbu sevib ichiladigan bunday ichimlikning bir porsiyasida 70 kilokaloriya va 10 gramm shakar mavjud.

Non

Bu haqda birov o‘ylamasa ham kerak, lekin butun donli nonda ham shakar miqdori 100 gramm mahsulot uchun taxminan 4 grammni tashkil qiladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, non birinchi navbatda uglevoddir, ya’ni undagi barcha shakar darhol qorinda yog‘ to‘planishiga sabab bo‘ladi.

Kolbasa va sosiska

Ko‘pchilik har qanday taomni me’yorida iste’mol qilishni organizm uchun zararsiz deb hisoblaydi. Biroq kolbasa mahsulotlari tarkibidagi yog‘, transgen soya va natriy glutamatning yuqori miqdori sog‘lom ovqatlanish haqida gap ketganda, ularni ratsiondan doimiy ravishda chiqarib tashlashga majbur qiladi.

От qwert.uz