Yozda, inson organizmi yilning har qanday vaqtidan ko‘ra ko‘proq ichimlik suviga muhtoj, uning yetishmasligi noqulaylik va suvsizlanishga olib kelishi mumkin. To‘g‘ri, oddiy suv chanqoqni tezda qondiradi va yozgi jaziramada tanani jonlantiradi. Marie Claire nashri yilning eng issiq vaqti uchun yana bir qancha ichimliklar ro‘yxatini taqdim etdi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Choy

Chanqoqni bostiruvchilar ro‘yxatida eng kutilmagani — bu issiq choy, u sovuq kunlarda isinishga yordam beradi, degan qarash bor. Biroq issiq havoda issiq ichimliklar organizmni ko‘proq terlatadi va kerakli sovutish effektiga erishadi.

Choyning 1500 dan ortiq turli navlari mavjud: qora, oq, yashil, ulun, puer, gibiskus va boshqalar. Shuni unutmaslik kerakki, issiq va sovuq holda ichish mumkin bo‘lgan turli xil o‘simlik choylari mavjud. Masalan, yalpiz yoki shalfey nafaqat sovutuvchi ta’sirga ega, balki tabiiy dorivor sifatida organizmga katta foyda keltiradi. Malina yoki smorodina barglari immunitetni saqlash uchun vitaminlar va elementlarning haqiqiy ombori hisoblanadi.

Kvas

Kvas ham dorivor xususiyatlarga ega — u isib ketishni yengillashtiradi va jiddiy kasallikdan keyin organizmni tiklashga yordam beradi.

Mors va sharbatlar

Uy sharoitida tayyorlanadigan ushbu ichimliklar do‘konlardagidan farqli o‘laroq, konservant, qo‘shimcha va bo‘yoqlardan xoli. Shuning uchun ular sog‘liqqa e’tibor qaratadigan odamlar uchun doimo salqinlatuvchi variant bo‘lib qoladi.

Sutli ichimliklar

Markaziy Osiyo mamlakatlarida jazirama paytida qimiz, ayron yoki oddiy sovutilgan kefir kabi ichimliklar ko‘proq iste’mol qilinadi. Ular chidab bo‘lmas issiq kunlarda chanqoqni qondirish uchun ajoyib tanlov. E’tibor bering, bugungi kunda deyarli har bir sog’lom oziq-ovqat do‘konining javonlarida ko‘plab turdagi suyuq fermentlangan sut mahsulotlarini topish mumkin.

Kokos suvi

Ilgari ushbu mahsulotga talab unchalik yuqori emasdi, chunki kokos suvini saqlash va uni qadoqlash texnologiyasi bilan bog‘liq muammolar hal etilmagandi, ammo bugungi kunda ishlab chiqarish hech qanday qiyinchilikka duch kelmayapti. Yilning aynan issiq kunlarida kokos suviga bo‘lgan talab misli ko‘rilmagan darajada oshmoqda, ushbu salqin ichimlik past shakar miqdori va yoqimli ta’mi tufayli chanqoqni qondiradi.

Shuni unutmangki, chanqoqni qondirishning qanday muqobil variantlariga murojaat qilishdan qat’i nazar, eng yaxshisi bu hayot va energiyaning asosiy manbai bo‘lgan suvdir. U organizmni turli xil tashqi ta’sirlardan himoya qiladi, tana haroratini tartibga soladi, ozuqaviy moddalarini o‘zlashtirishga yordam beradi va metabolizmda faol ishtirok etadi.

От qwert.uz