O‘z vaqtida uyg‘onish uchun ertaroq uyquga ketib, to‘satdan yarim tunda uyg‘onib ketish holatlari kuzatiladi. Go‘yoki kimdandir qochayotgandek tonggacha uyqu ham kelmasligi mumkin. Qolaversa, uyqusizlik va oldindagi og‘ir ish kuni organizmni haddan ortiq toliqtirib qo‘yadi. Afsuski, yashirin tarzda muntazam charchoqqa olib keluvchi 5 ta sabab mavjud. Elle nashri taqdim etgan ma’lumotlar bilan tanishib, muammoni bartaraf etish mumkin.

— Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Pinterest

Betartib ish stoli

Faqat ikkita so‘z — psixologik charchoq. Aniqrog‘i, ish stolidagi tartibsizliklar va uzoq vaqtdan beri tushunarsiz bo‘lgan hujjatlar uyumi. Psixoterapevtning ma’lum qilishicha, inson ko‘z o‘ngida qilishi kerak bo‘lgan ishlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, miyaga kun davomida uning ichiga kiradigan ma’lumotni jamlash va filtrlash shunchalik qiyin bo‘ladi. Natijada, haddan tashqari zo‘riqish va charchoq paydo bo‘ladi.

Rejasiz ovqatlanish

To‘g‘ri rejimda ovqatlanish (ishni o‘z vaqtida boshlash uchun tushlikni kechiktirmaslik yoki parhezga ko‘ra rejalashtirilgan gazaklarni o‘tkazib yuborish) energiyani kerakli darajada ushlab turadi va uni o‘z vaqtida to‘ldiradi. Ratsionga e’tibor bermaslik, bilan, albatta, kuchsizlanish mumkin. Nonushta qilishga vaqt bo‘lmay ishlash boshlanadi va tetiklantirishi uchun qahva ichiladi – bu kuch qo‘shmaydi, balki yurak faoliyatini vaqtincha tezlashtiradi. Tushlikdan voz kechish organizmni kerakli kaloriyalardan mahrum qiladi va to‘yimli kechki ovqat uchun vasvasaga soladi. Kechasi ovqatlanib bo‘lgach darhol uxlashga yotiladi. Oshqozon esa dam olmaydi va shuning uchun tongda ham qorin ochmaydi. Ushbu holatlar har kuni takrorlanavergach, organizm noto‘g‘ri ishlashdan charchaydi.

Mashg‘ulotlarni tashlab qo‘yish

Har qanday sport mashg‘ulotini o‘tkazib yuborish, odatda tushdan keyin sustlik ko‘rinishida teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ya’ni organizmda uzoq vaqtgacha energiya bo‘lmaydi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ertalabki 20 daqiqalik jismoniy faollik kun bo‘yi kuch va mahsuldorlikni ta’minlaydi. Ayniqsa, ofis kreslosiga qaramlar muntazam ravishda gimnastika yoki tushlik paytida hech bo‘lmaganda sayr qilishlari kerak.

Temir tanqisligi

Afsonaviy Mayo klinikasiga ko‘ra, temir tanqisligi letargiya, asabiylashish, zaiflik va diqqatni jamlay olmaslikka olib kelishi mumkin. Bu element kislorodni hujayralar va mushaklarga tashish uchun juda muhimdir. Tabletka va qo‘shimchalar xarid qilishning hojati yo‘q – ratsionga ko‘katlar, tuxum, loviya, yog‘siz mol go‘shti va yong‘oqlarni qo‘shish tavsiya etiladi, ular C vitamini bilan qo‘shilib, temirning so‘rilishini yaxshilaydi.

Блок RTB — Моб.F.Ad (ID блока: R-A-493493-6)

Me’yoridan ortiq uxlash

Bu g‘alati tuyilishi mumkin, ammo uxlash vaqtini qisqartirish orqali uyquchanlik va holsizlik bilan kurashasiz. Garvard Health nashriga ko‘ra, uyquning miqdori emas, balki sifati muhim. Ko‘p uyqu aslida uyquga ketish vaqtini oshiradi, dam olishning umumiy sifatini buzadi. Umuman olganda, nafaqat uzoq uxlash, balki juda ko‘p yotish — qo‘shimcha dam olish ham hech qanday energiya bermaydi.

От qwert.uz