Yurak kasalliklari hali ham erta o‘limning asosiy sababidir, shuning uchun ularning dastlabki belgilarini bilish va o‘z vaqtida chora ko‘rish juda muhimdir, deb yozadi “Noviy ochag”.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Yurak yetishmovchiligi — yurak avvalgidek samarali ishlay olmaydigan holat bo‘lib, u haydaydigan qon organizmning to‘laqonli ishlashi uchun yetarli bo‘lmaydi. Har qanday jiddiy kasallikda bo‘lgani kabi, yurak yetishmovchiligini imkon qadar erta aniqlash kerak, shunda sog‘liqqa zarar kamroq yetadi va davolash imkon qadar osonlashadi. Shuning uchun yurak yetishmovchiligi rivojlanayotganidan ogohlantirishi mumkin bo‘lgan bir nechta yashirin belgilarni o‘tkazib yubormaslik kerak.

Nafas qisilishi

Yurak yetishmovchiligida ichki organlarning qon ta’minoti kamayadi va ularning ishlashi qiyinlashadi. Birinchi uzilishlardan biri o‘pkada seziladi va oddiy harakatlar paytida ham nafas qisilishi kuzatiladi. Shuning uchun, to‘satdan shunga o‘xshash narsani sezilsa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish kerak.

Shish

Yurak yetishmovchiligida buyraklar faoliyati ham yomonlashadi va tana bunga shish bilan javob beradi. Shish ko‘pincha oyoq va to‘piqlarda hosil bo‘ladi. Odatiy poyabzal sig‘may va paypoq ham terida izlar qoldiradi. Ushbu holatda kardiolog bilan maslahatlashib, ushbu alomatning sababini anilqash zarur.

O‘pkada yo‘tal va xirillash

Yo‘tal, ayniqsa, yotgan holatda va tunda kuchayadi, bu juda jiddiy belgi bo‘lib, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Haqiqat shundaki, yurak yetishmovchiligida suyuqlik ba’zan o‘pkada to‘planadi, bu shish paydo bo‘lishiga, hatto potentsial o‘limga olib kelishi ham mumkin.

Charchoq

Zinadan ko‘tarilgandan keyin bosh aylanishi, yengil harakatdan keyin charchoq — bu alomatlarning barchasini yosh o‘tishi yoki stress bilan bog‘lashga shoshilmaslik lozim. Yurak yetishmovchiligida yurak muhim organlarning normal ishlashi uchun yetarli miqdorda qonni aylantira olmaydi, mushaklarni bundan mahrum qilish orqali yetishmovchilikni qoplaydi. Natijada tezda charchash kuzatiladi. Shunday qilib, agar kundalik vazifalarni bajarish avvalgidan ko‘ra qiyinlashsa, kardiolog bilan maslahatlashish zarur.

Ovqat hazm qilish muammolari

Ishtahaning pasayishi, ko‘ngil aynishi, hazm qilish bilan bog‘liq muammo — bularning barchasi ovqat hazm qilish tizimining organlari yetarli darajada qon bilan ta’minlanmaganligi sababli yuzaga kelishi mumkin. Afsuski, bu yurak yetishmovchiligining rivojlanish belgisidir.

Yurak urishining tezlashishi

Yurak urishi yurak-qon tomir tizimining sog‘lig‘ini saqlashda doimiy ravishda kuzatib borish uchun muhim bo‘lgan uchta eng muhim parametrdan biridir. Yurakning doimiy tez urishi uning stressda ekanini va haqiqatan ham yordamga muhtojligini ko‘rsatadi.

От qwert.uz