Jazirama kunlarda o‘zingiz bilan doimo bir shisha suv olib yurishingiz kerak. Albatta, har bir kishi bir marta bo‘lsa ham nima uchun plastik idishlarni qayta ishlatib bo‘lmasligi haqida o‘ylagan bo‘lsa kerak. Bu noxush oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘pchilik bilmaydi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Albatta, baklajkaga suv quyilsa, toza ko‘rinadi. Aslida esa unday emas. Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar turli xil materiallardan idishlar yasaydi, shu sababli bir marta ishlatiladigan baklajkadan ikki marta foydalanish fikridan voz kechgan ma’qul.

Ba’zi idishlarda zaharli kimyoviy moddalar mavjud bo‘lib, ular idishga zarar yetganda, masalan, mayda yoriqlar bo‘lsa, suyuqlikka tushishi mumkin. Ularning soni ahamiyatsiz, shuning uchun plastik idishni kamdan kam holda qayta ishlatilsa, sog‘liqqa ta’sir qilmasligi mumkin. Biroq bu odatni doimiy takrorlash salomatlikda bir qancha muammolar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Ya’ni baklajkadan suyuqlik ichilganda og‘iz bo‘shlig‘idan bakteriyalar idishga kiradi, ular baklajkaning devorlarida, shuningdek, ko‘rinmas eng kichik yoriqlarda faol ravishda ko‘payadi va to‘planadi. Shu sababli konteynerni xavfsiz qayta ishlatish uchun uni butunlay tozalab bo‘lmaydi. Natijada ovqat hazm qilish tizimi buzilishi, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i va charchoq hissi paydo bo‘lishi mumkin.

Salomatlikni asrash uchun qayta foydalanish mumkin bo‘lgan idishlarni sotib olgan ma’qul. Ammo har safar foydalangandan keyin uni yuvishni unutmaslik kerak. Aks holda unda ham bakteriyalar ko‘paya boshlaydi, bu salomatlikka salbiy ta’sir qiladi. Mutaxassislar mikroblarni o‘ldirish uchun idishni maxsus cho‘tka va vosita bilan tozalashni tavsiya qiladi.

От qwert.uz