Uyquga yotishdan oldin ham telefoningizdan ajrala olmayapsizmi? U holda gadjetning sog‘ligingiz qanday zarar yetkazishi mumkinligini bilish siz uchun foydali bo‘ladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Getty Images

Ko‘z xiralashishi

Ko‘z oldida “tuman”, “xira ko‘rish” — tuni bilan ijtimoiy tarmoq lentalarini varaqlab, uxlamaydiganlar muammosi hisoblanadi. Shunga o‘xshash alomatlar ko‘rishning haddan tashqari kuchlanishi va ko‘z akkomadatsiyasi spazmi tufayli yuzaga keladi. Gap shundaki, ekranga uzoq vaqt qarasangiz, ko‘rish qobiliyati yo‘qoladi. Ko‘z gavhari yaqin va uzoq masofalardagi narsalarni idrok etishga moslashish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotadi. Ko‘zlaringizni himoya qilish uchun ekran yorqinligini pasaytiring va telefondan ko‘p foydalanmang.

Mavzuga doir:Ko‘zlarni smartfonning zararli nuridan himoya qilish uchun nima qilish kerak?

Uyqu buzilishi

Moviy nurning xavfliligi haqida eshitganmisiz? Uning tabiatdagi asosiy manbai quyosh, kundalik hayotda esa elektron gadjetlardir. Moviy yorug‘lik melatonin (gipofiz gormoni) ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va bu hissiy holatga yomon ta’sir qiladi va tabiiy bioritmlarning buzilishiga olib keladi. Natijada odam bezovta uxlaydi, ertalab esa o‘zini haddan tashqari charchab uyg‘onadi. Uyqu buzilgandan so‘ng kayfiyat yomonlashadi, ish samarasi kamayadi.

Mavzuga doir: Smartfon yorug‘ligi ko‘rish qobiliyatini pasaytiradi: Ko‘z salomatligini asrash uchun amal qilish kerak bo‘lgan 5 ta qoida

Bo‘yin og‘rig‘i

Agar bo‘yin og‘rig‘idan azob chekayotgan bo‘lsangiz, yotoqda telefondan foydalanish muammoni yanada kuchaytiradi. Ekranga qarash uchun boshingizni oldinga egganingizda, og‘riqni keltirib chiqaradigan mushaklarga bosim tushadi. Agar uxlashdan oldin telefonda “o‘tirish” odatidan voz kechish qiyin bo‘lsa, hech bo‘lmaganda ko‘z balandligida ushlashga harakat qiling.

Mavzuga doir: Bo‘yin sohasidagi zo‘riqishni bartaraf etishga yordam beradigan 3 tavsiya

Terining tez qarishi

Ma’lum bo‘lishicha, gadjetlar tufayli teri ham aziyat chekmoqda — yuz mushaklarining haddan tashqari kuchlanishi tufayli yoshga bog‘liq o‘zgarishlar aniqroq ko‘rinadi va boshning doimiy egilishi sabab bo‘yinda ajinlar va burmalar paydo bo‘ladi. Siz yuz terisini parvarish qilish uchun har qancha pul sarflashingiz mumkin, ammo shu birgina yomon odat barcha harakatlaringizni bekor qiladi.

От qwert.uz