Rang, maza, yog‘ miqdori — pulni behuda sarflamaslik uchun sevimli yozgi desertni sotib olayotganda yana nimalarga e’tibor berish kerak? “Lisa.ru” nashri sifatli muzqaymoqning 7 ta belgisi bilan tanishtirib o‘tdi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Yozni muzqaymoqsiz o‘tkazish mumkinmi? Ushbu shirinlikni nafaqat issiq havoda, balki salqin mavsumda ham sevib iste’mol qiladiganlar talaygina. Bugungi kunda muzqaymoqning juda ko‘p turlari mavjud. Tanaga minimal zarar yetkazadigan mazali muzqamoqni qanday tanlash kerak? E’tibor berish kerak bo‘lgan bir nechta belgilar mavjud.

Yog‘ miqdori

Keling, gapni parhezbop muzqaymoq mavjud emasligidan boshlaylik. Ushbu desertning asosiy tarkibiy qismini sut, qaymoq, sariyog‘ tashkil qiladi. Ammo tabiiy muzqaymoqlarning har xil turlari yog‘ miqdori darajasiga qarab farq qiladi.

  • 7,5  foizgacha yog‘ — sutli muzqaymoq;
  • 8 dan 11,5 foizgacha — qaymoqli muzqaymoq;
  • 12 dan 20 foizgacha — plombir.

Bundan tashqari, sut va o‘simlik yog‘lari (masalan, palma yog‘i) aralashmasidan foydalanadigan yoki oddiygina sut yog‘ini o‘z ichiga olgan mahsulotlar mavjud.

GOST

Bu ishlab chiqaruvchining qadoqda ko‘rsatishi kerak bo‘lgan juda muhim omil. Agar muzqaymoq ishlab chiqarishda GOST bo‘lsa, unda palma yog‘i kabi ba’zi o‘rinbosarlar mavjudligidan xavotir olishning keragi yo‘q. Darhaqiqat, klassik muzqaymoqlarda — qaymoqli, sutli, plombirda o‘simlik yog‘larini ishlatish qat’iyan man etiladi. GOST talablariga amalda javob beradiganlar bu haqda qadoqda ma’lum qilishi kerak.

Stabilizatorlar

Muzqaymoqda hech qanday qo‘shimchalar, xususan, stabilizatorlar bo‘lmaydi. Ular standart retseptga kiritilgan, oqsilni yo‘qolib ketishdan himoya qiladi, muzqaymoqning mustahkamligini yaxshilaydi va uni uzoq vaqt davomida saqlashga imkon beradi. Shuning uchun, yorliqdagi uzun ro‘yxatidan qo‘rqmang. Ularning aksariyati tabiiy moddalardir:

  • karagenan (E407) — qizil dengiz o‘tlarini qayta ishlash mahsuloti, tabiiy jelatin;
  • guar saqich (E412) — bu quyuqlashtiruvchi guar loviya yoki hind akatsiyasidan tayyorlanadi:
  • karob loviya saqich (E410) — karob loviyasidan tayyorlanadi va muzlatilganida muz kristallarining shakllanishini sekinlashtiradi.

Rang

Sotib olayotganda, iloji bo‘lsa, muzqaymoq rangiga e’tibor bering. Massa bir xil rangda bo‘lishi kerak. Muzqaymoq qancha sariq bo‘lsa, shunchalik yog‘li bo‘ladi. Ba’zi turdagi shirinliklarga oziq-ovqat bo‘yoqlari qo‘shiladi. Ko‘pincha bu bo‘yoqlar tabiiy usulda tayyorlanadi.

  • E100 — zarchavali bo‘yoq. Pazandachilikda ham, sharq tabobatida ham keng qo‘llaniladigan xavfsiz qo‘shimcha;
  • E150 — shakar rangi yoki karamel. Sariq-jigarrang rang beradi;
  • E160a — karotin. Ko‘p sabzavotlarda mavjud, A vitamini manbai.

Ammo sintetik bo‘yoqlardan ham foydalanish mumkin, ular bilan ehtiyot bo‘lish kerak, chunki ulardan ba’zilari bolalar uchun tavsiya etilmaydi:

  • E102 — tartrazin. Ba’zi hollarda giperaktivlikni keltirib chiqaradi;
  • E122 — azorubin. Qizil rang beruvchi bo‘yoq. Diqqat va konsentratsiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
  • E142 — yashil sintetik bo‘yoq. Bu ko‘mir smolasidan olingan natriy tuzi. Allergiyaga olib kelishi mumkin.

Shokolad

Muzqaymoq ko‘pincha shokoladli glazur bilan tayyorlanadi. Bunga ham e’tibor qaratish lozim. Shokolad juda maydalanib ketmasligi kerak. Yopishqoqlik ham texnologiya yoki saqlash qoidalarining buzilishining ko‘rsatkichidir. Agar uning yuzasida oq donalar yoki quyqalar bo‘lsa, unda muzqaymoq noto‘g‘ri saqlangan va muzdan erib tushishi mumkin.

Tashqi ko‘rinish

Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra ikki xil muzqaymoq mavjud — qattiq va yumshoq. Ikkinchisining saqlash muddati juda qisqa va shuning uchun oddiy do‘konlarda doim ham sotilmaydi. Ko‘pincha qattiq mahsulotni sotib olish mumkin, u 18 darajagacha bo‘lgan haroratda muzlatiladi va ushbu holatda u xaridorga topshirilishi kerak. Agar muzqaymoq deformatsiyalangan holda sotuvga chiqsa, demak u tashish paytida erigan bo‘lishi mumkin. Qayta-qayta muzlatish esa mahsulot sifatini buzadi, qolaversa, ta’mi yomonlashadi.

Ta’mi

Bu mezon, albatta, eng asosiysi hisoblanadi. Agar u plombir yoki qaymoqli muzqaymoq bo‘lsa, qo‘shimcha lazzat va hidlarsiz bo‘lishi kerak. Agar  muzqaymoq muzlatgichdan olinganda, uning bir qismi osongina sinsa, mahsulot qattiq, zich, yuqori sifatli va eritilmagan hisoblanadi.

От qwert.uz