Yorilay deyayotgan bosh og‘rig‘i, burun bitishi va yoqimsiz tomoq og‘rig‘i… Bularning barchasi shamollash alomatlari bo‘lib, kasallikdan iloji boricha tezda qutulishning oson yo‘llarini o‘rgatamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Yotoq rejimi

O‘rningizdan turib uy yumushlarini bajarish, itni sayr qildirish va butun oila uchun ovqat tayyorlashni xohlasangiz ham, bunday paytda kun bo‘yi yotoqda yotish lozim. Ammo haroratni nazorat qilib turing — organizmning o‘zi shamollashni yengishiga imkon bering.

C vitamini

Tez tiklanish uchun vitamin C tabletkalarini yoki kukunini oling — bu interferon ishlab chiqarishga yordam beradi. Shuningdek, kasallik vaqtida yog‘li va proteinli ovqatlardan voz keching.

Burun chayish

Kasallikning birinchi kunidan boshlab burun tomchilari bilan davolash kerak emas. Kasallik endi boshlanganda burun chayishning o‘zi yetadi — buning uchun o‘simlik damlamasi yoki sho‘r suvdan foydalaning.

Ko‘p uyqu

Dam olish tananing tez tiklanishiga hissa qo‘shadi, shuning uchun kasallikning birinchi kunida o‘zingizni urintirmang. Oyoqlaringizni issiq tuting, hatto jun paypoqlarda ham uxlashingiz mumkin.

Ingalyatsiya

Burun-halqum yo‘lining yallig‘lanishini evkalipt, moychechak, eman daraxti va borjomi damlamalarida ingalyatsiya qilish bilan bartaraf etish mumkin. Jarayonni to‘g‘ri bajarishni unutmang: faqat burun orqali nafas oling va og‘zingizdan chiqaring.

Tomoqni chayish

Chayish yoqimsiz tomoq og‘rig‘idan xalos bo‘lishga yordam beradi, buni imkon qadar erta boshlagan yaxshi. Yod-tuz eritmasi, romashka yoki furatselindan foydalaning.

От qwert.uz