Vitaminlarga boy sabzavotlar va pishloqdan tayyorlanadigan ushbu taom yoqimli ta’mga ega. Unga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli masalliqlar:

  • baqlajon — 3-4 dona
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • o‘simlik yog‘i — 4 qoshiq
  • sabzi — 1-2 dona
  • bulg‘or qalampiri — 1 dona
  • piyoz — 2 dona
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • pomidor qaylasi — 1-2 qoshiq
  • suv — 100-150 ml
  • tovuq qiymasi — 300 g
  • qattiq pishloq — 80 g

Tayyorlanishi:

  1. Baqlajonni uzunligi bo‘ylab ingichka qilib kesib oling. Tuz seping va 5-10 daqiqaga qoldiring, keyin yuving va qog‘oz sochiq bilan quriting.
  2. Qizdirilgan idishga 2 qoshiq o‘simlik yog‘ini soling va baqlajonning har tomonini aylantirib 2-3 daqiqa davomida qovuring.
  3. Sabzini kattaroq tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Bulg‘or qalampiri va 1 ta piyozni mayda qilib to‘g‘rang. Ularni 4-5 daqiqa davomida qovurib tuz va qalampir qo‘shing. Qovurilgandan keyin pomidor qaylasi qo‘shib suv bilan aralashtiring.
  4. Ikkinchi piyozni maydalab, qiyma bilan aralashtiring. Unga ham tuz va qalampir qo‘shing.
  5. Baqlajonning har bir bo‘lagiga qiyma soling va uni o‘rab oling.
  6. Baqlajonni pishiriladigan idishga soling va ustidan sous quying.
  7. Mikroto‘lqinli pechda 25-30 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishiring. Tayyor bo‘lishidan 5 daqiqa oldin ustiga maydalangan pishloq seping.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz