Faqatgina bir predmet yordamida qalqonsimon bezni 10 daqiqada tekshirib ko‘rish usuli

The Voice Mag nashri taqdim etgan doktor Otto Barnsning usulini sinab ko‘rish mumkin — bu qalqonsimon bezning holatini 10 daqiqada baholash imkonini beradi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: The Voice Mag

Butun umri davomida endokrin disfunksiyani o‘rgangan amerikalik tibbiyot professorining 50 yil avval ixtiro qilgan texnikasi hali ham dolzarbdir.

Xavfli gipotireoz

1970-yillarda Broda Otto Barns bir nechta kitoblarni nashr etdi. Unda qalqonsimon bez faolligining yetishmasligidan kelib chiqqan bu kasallik shifokor va sog‘liqni saqlash xodimlari ishonganidan ko‘ra ko‘proq sog‘liq muammolariga olib kelishi aytiladi.

Реклама | chakana.uz

Reklamani yopish

1984-yilda Barns o‘zining gipotireoz ishini himoya qilish uchun notijorat jamg‘armaga asos soldi. Shu bilan birga, professor qalqonsimon bez faoliyatini tekshirish uchun diagnostika usulini ishlab chiqdi, u hozirda “Barns bazal harorat testi” deb nomlanadi.

Ehtimol, buning uchun qanday narsa kerakligini allaqachon taxmin qilgansiz — bu har bir uyda mavjud bo‘lgan oddiy termometr. Simoblisidan foydalanish tavsiya etiladi, u haroratni boshqalarga qaraganda aniqroq ko‘rsatadi.

Barns testi qanday amalga oshiriladi?

Hammasi juda oddiy: yotishdan oldin, termometrdagi daraja 35 ga tushiriladi. Uyg‘ongandan so‘ng darhol yotoqdan chiqmasdan, qo‘ltiq osti sohasidagi harorat o‘lchanadi, buning uchun 10 daqiqa kifoya qiladi.

Tekshiruv butunlay sog‘lom bo‘lganda amalga oshirilishi kerak. Natijalarni quyidagicha izohlash mumkin:

  • 36,6 dan 36,8 gacha — qalqonsimon bez yaxshi;
  • 36,0 dan 36,5 gacha — qalqonsimon bezning disfunksiyasi, qo‘shimcha tadqiqotlar zarur;
  • 36,0 dan past — terapiya zarur bo‘lgan bosqichda gipotireoz;
  • 36,8 dan yuqori — organizmda tashxis qo‘yish kerak bo‘lgan yallig‘lanish jarayonlari mavjud.

Bitta o‘lchov yetarli emas, 3-7 kun davomida bazal haroratning dinamikasini kuzatish kerak. Agar ko‘rsatkichlar me’yordan tashqarida ekani ma’lum bo‘lsa, gipotireozning boshqa ko‘rinishlari bor yoki yo‘qligini aniqlash kerak.

Gipotireozning belgilari:

  • zaiflik, kun davomida uyquchanlik, charchoq;
  • sovuqqa chidamaslik;
  • ko‘krak, bosh va bo‘yinda issiqlik;
  • xotira buzilishi;
  • terlash, ayniqsa kechasi;
  • yurak urishining tezlashishi;
  • hech qanday sababsiz asabiylashish;
  • odatiy ovqatlanish fonida vazn ortishi.