Tumovmi? Undan xalos bo‘lishga yordam beradigan 6 ta mahsulot

Kuz va qish fasli nafas yo‘llari uchun eng og‘ir vaqtdir. Avval allergiya mavsumi, keyin O‘RVI vaqti. Yaxshiyamki, ba’zi mahsulotlar nafas olish yo‘llarini yaxshilashga yordam beradi. “Noviy ochag” nashri ularning bir nechtasini sanab o‘tdi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Olma

Bu mevalarda fenolik kislotalar va flavonoidlar ko‘p bo‘lib, ular nafas yo‘llarida yallig‘lanishni kamaytiradi. Aytgancha, ayniqsa chekuvchilar uchun olma juda ham foydalidir, chunki ular o‘pkani himoya qilishga yordam beradi.

Zaytun yog‘i

Zaytun yog‘ida mavjud bo‘lgan mono va to‘yinmagan yog‘lar, fitonutrientlar nafaqat teri, soch va yurak uchun foydali, balki o‘pka salomatligi uchun ham muhimdir. Zaytun yog‘i havoning ifloslanishi bilan bog‘liq xavf-xatarlarga qarshi kurashishda yordam beradi: agar u muntazam ravishda iste’mol qilinsa, hujayralarni kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi, yurak faoliyatini me’yorga keltiradi va qon tomirlariga kamroq zarar yetkazadi. Olimlarning fikricha, hammasi zaytun yog‘ida ko‘p bo‘lgan olein kislotasi bilan bog‘liq — u yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi.

Qahva

Kofein hatto astma alomatlarini yengillashtirishga yordam beradi (lekin, albatta, dori kabi samarali emas). Shuning uchun burun oqishi, shamollash yoki allergiya bo‘lsa, kunni bir stakan qahva bilan boshlash tavsiya etiladi.

Losos

Umuman olganda, har qanday yog‘li baliq turi omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, bu o‘pkada yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi va bakteriyalar bilan ham kurasha oladi.

Ko‘k choy

Ko‘k choyda ko‘p bo‘lgan antioksidantlar organizmni tinchlantiradi, yallig‘lanishni kamaytiradi va tuzalishga yordam beradi. Eng muhimi, ko‘k choy tarkibida kvarsetin ko‘p. Bu allergiya belgilarini keltirib chiqaradigan gistamin va boshqa yallig‘lanish sekinlashtiradi, degan ma’noni anglatadi. Shunday qilib, burun oqishi allergiya tufayli kelib chiqsa, ko‘k choy sizga kerak bo‘ladi.

Urug‘lar

Kashandalar va shahar aholisi tez-tez shamollaydi — ular muntazam ravishda urug‘ iste’mol qilishi kerak. Qovoq va zig‘ir urug‘lari magniyga boy bo‘lib, nafas yo‘llari mushaklarini bo‘shashtirishga yordam beradi va yallig‘lanishni kamaytiradi.