Ko‘plab insonlar salatlarni to‘g‘ri ovqatlanish ratsioniga kiritish mumkin deb o‘ylaydi. Biroq ba’zi salatlar xavflilik darajasi bo‘yicha fastfudlar bilan raqobatlashishi mumkin. Shuning uchun ularni kam miqdorda iste’mol qilish, iloji bo‘lsa, umuman yemagan ma’qul.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Seld balig‘i qo‘shib tayyorlanadigan shuba salati 

Qaynatilgan sabzi, kartoshka, lavlagi — bu mahsulotlarning barchasi yuqori glisemik indeksga ega, ular qo‘shib iste’mol qilinsa, qondagi qand miqdorini sezilarli darajada oshadi. Bu salatni faqatgina katta bayramlarda iste’mol qilgan ma’qul.

Reklamani yopish

Siydik yo‘lida yoki buyrakda siydik kislotasi, tosh yoki qum, podagra bilan og‘rigan insonlar seld balig‘i solingan shuba salatini umuman iste’mol qilmasligi kerak. Chunki seld balig‘ida otquloqqa qaraganda ko‘proq oksalat kislotasi mavjud.

Nima qilish kerak?

Salatni tuzlamang, chunki seld balig‘ida tuz miqdori yetarli bo‘ladi. Ko‘p miqdorda tuz shishishga olib kelishi mumkin. Kunlik kaloriya miqdorini tartibga solmaslik uchun bu salatni oz miqdorda iste’mol qiling.

Foto: Wday

Krab va guruch qo‘shib tayyorlanadigan salat

Ushbu salatning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan guruch yuqori kaloriyaga ega mahsulotdir. Boshqa tomondan, sovutilgan guruch ichak mikroflorasining ishlashi uchun foydali bo‘lgan kraxmalni ko‘p miqdorda (me’da osti bezi fermentlari tomonidan parchalanmaydigan kraxmal) ishlab chiqaradi. Uy bekalari salatga uglevodlar va shirin makkajo‘xori qo‘shishni yaxshi ko‘radi.

Krab tayoqchalari haqida unutmang, ularda bir gramm ham qisqichbaqa go‘shti yo‘q, biroq juda xushbo‘y qo‘shimchalarga ega. Salatga ham mayonez qo‘shiladi, ammo uni foydali deb bo‘lmaydi. Shuning uchun mutaxassislar ratsioningizga krab qo‘shilgan salatni kiritishni tavsiya qilmaydi.

Salat foydali bo‘lishi uchun nima qilish kerak?

Guruchni qaynatishdan oldin, bir stakan suvga bir osh qoshiq olma sirkasi yoki limon sharbatini qo‘shish mumkin. Shundan keyin don tezroq pishadi va uning glisemik indeksi, ya’ni qondagi shakar darajasini oshirish qobiliyati pasayadi. Bu mahsulotlarni qo‘shish jarayonida fitaz fermenti faollashadi, bu fitik kislotadan kalsiy, magniy, temirdan foydali mikroelementlar va vitaminlarni chiqarishga yordam beradi.

Foto: Wday

“Mimoza” salati 

“Mimoza” salatiga qaynatilgan kartoshka qo‘shilsa, u yanada kaloriyaga boy bo‘ladi. Biroq sovutilgan guruchda bo‘lgani kabi, sovuq kartoshkada ham chidamli kraxmal hosil bo‘ladi. Hamma kraxmal ham foydali bo‘lmaydi, masalan, sovutilgan kartoshka issiq kartoshkaga qaraganda foydali.

Bundan tashqari, konservalangan baliqlarda ham juda ko‘p miqdorda tuz mavjud. Agar sizda yurak bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, sho‘r mahsulotlarni iste’mol qilmasligingiz kerak. Konservalangan mahsulotlarni ehtiyotkorlik bilan tanlang: idish shikastlanmasligi kerak, “ikkinchi nav”dagi baliqlarni xarid qilmang, faqatgina ishonchli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini tanlang.

Umuman olganda, konservalangan mahsulotlarni o‘zingiz bilan birga olib yurishingiz mumkin, biroq ularni kundalik hayotda iste’mol qilmasligingiz va muntazam ravishda salatga qo‘shmasligingiz kerak.

Konservalangan baliqni dudlangani bilan almashtiring. Kartoshka, guruchni pishirishdan oldin yuvish kerak, bu mahsulotdagi kraxmal miqdorini kamaytiradi.

Foto: Wday

Olivye salati

Bu salat tarkibida o‘ta zararli mahsulotlar bor, deb bo‘lmaydi, biroq mayonez organizmga ortiqcha yuk, unda ta’mni yaxshilash uchun ishlatilgan turli xil oziq-ovqat qo‘shimchalari mavjud. Yuqori kaloriyali kolbasa ko‘plab oziq-ovqat qo‘shimchalarini o‘z ichiga oladi, masalan, unda soya, kraxmal, tabiiy bo‘lmagan mahsulotlar va kam miqdorda go‘sht bor.

Salat foydali bo‘lishi uchun nima qilish kerak?

Mayonez smetana bilan, kolbasa esa juda kam kaloriyaga ega bo‘lgan mol go‘shti yuragi bilan almashtirilishi mumkin. Bundan tashqari, u Q10 koenzimiga eng boy mahsulotdir. Q10 — yurak va mitoxondriyalar, yog‘lar va uglevodlarni yoqish jarayonida ishtirok etadigan hujayralar faoliyatini yaxshilaydigan foydali ferment. Mashhur salatning ushbu varianti ancha foydali bo‘ladi.

Foto: Wday

Yunoncha salat

Ushbu salatga feta pishlog‘i solinadi. Shuning uchun yunoncha salat laktoza intoleransi bo‘lgan insonlar uchun tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, salatga qo‘shiladigan o‘simlik yog‘i kaloriyalarni oshiradi. Har bir choy qoshiq o‘simlik yog‘i 50 kaloriya, bir osh qoshiq o‘simlik yog‘i esa 200 kaloriya qo‘shadi.

Salat foydali bo‘lishi uchun nima qilish kerak?

Agar siz sut mahsulotlarini yoqtirmasangiz, ularni ikki oy davomida ratsiondan chiqarib tashlang, shundan so‘ng ularni oz miqdorda, masalan, haftada bir yoki ikki marta iste’mol qilishingiz mumkin. Salatning kaloriya miqdorini ko‘paytirmaslik uchun unga minimal miqdorda yog‘ soling.

Ko‘p narsa iste’mol qilingan salat miqdoriga bog‘liq. Agar oz miqdorda mahsulotlarni ishlatsangiz, porsiyaning kaloriya tarkibi 300-400 kaloriya bo‘ladi.

Foto: Wday

“Sezar” salati

Agar ushbu salat uchun do‘konda sotiladigan klassik mayonezni olmasangiz va uni uyda o‘zingiz tayyorlasangiz, salatni hatto parhez menyusiga ham kiritish mumkin.

Salat foydali bo‘lishi uchun nima qilish kerak?

Tovuq go‘shtini qovurmang, pishiring. Tuxum, salat bargi va qattiq pishloq qo‘shilgan salat ajoyib ta’mga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, tovuq go‘shtini mol go‘shti bilan almashtirishingiz mumkin.

Foto: Wday

От qwert.uz