Qizil ikra iste’mol qilishdan xavotir oladiganlar uchun shifokorning quyidagi dalillari to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi, deb yozadi The Voice Mag.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: The Voice Mag

Qizil ikra nafaqat har qanday dasturxonga bezak bo‘lib xizmat qiladigan mazali yegulik, balki sog‘liq uchun haqiqatan ham muhim mahsulotdir. Mutaxassis Mixail Ginzburgning fikricha, qizil ikrani ko‘proq iste’mol qilish uchun kamida 4 ta sabab bor. Ma’lum bo‘lishicha, ikra xolesterin darajasini pasaytiradi, yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan himoya qiladi, kayfiyatni yaxshilaydi va hatto saraton kasalligiga qarshi kurashadi. Avvalo, mahsulotning mo‘jizaviy xususiyatlari tarkibida omega-3 yog‘ kislotalari va xolinning yuqori miqdori mavjud.

“Ikra organizmni yomon xolesterin va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha muammolar — aterosklerozning rivojlanishi, uning asoratlari, ya’ni infarkt va isnultdan himoya qiladi”, — deydi parhezshunos.

Shuningdek, ikra kayfiyatni yaxshilaydigan magniy, D va B guruhi vitaminlariga boy. Mazali dengiz mahsuloti umumiy yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega va qonda cho‘kindilar paydo bo‘lishi xavfini kamaytiradi.

Qizil ikra saraton kasalligining oldini olishning yaxshi vositasi sifatida ham foydali hisoblanadi. Bu yo‘g‘on ichak saratoni, ayollarda ko‘krak saratoni va erkaklarda prostata saratoni xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

“Bu barcha o‘smalar organizmdagi yallig‘lanish holatiga bog‘liq va barcha yallig‘lanishga qarshi mahsulotlar bu kasalliklarning rivojlanish ehtimolini kamaytiradi”, — deb tushuntirdi shifokor.

От qwert.uz