Ba’zi sabablarga ko‘ra, mutlaqo mos kelmaydigan mahsulotlarning kombinatsiyasi qandaydir foyda keltirishi mumkin. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlarda odamlar limon bilan qahva ichish bo‘yicha ijobiy tajribalarini faol ravishda baham ko‘rmoqda: uning vazn kamaytirishi va husnbuzarlarni bartaraf etishiga ko‘pchilik ishonadi. Ammo muammo shundaki, bu mahsulotlar birgalikda alohida iste’mol qilgandan ko‘ra yaxshiroq samara bermaydi, deb yozadi Lifehacker.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Pinterest

Ortiqcha vazn

Limonli qahva vazn kamaytirishi haqida hech qanday dalil yo‘q. Aslida kaloriya tanqisligi vazn yo‘qotishga yordam beradi. Agar organizm kuniga ko‘proq energiya sarflasa. Qahva va limonli suv alohida-alohida holda ishtahani kamaytiradi, ammo birgalikda emas. Albatta, ular birgalikda ichilsa, biror mo‘jiza sodir bo‘lmaydi. Faqatgina bu bilan metabolizm tezligining biroz oshishi va kofein ta’sirida ortiqcha suyuqlikni ko‘proq yo‘qotish mumkin.

Diareya 

Ba’zilarning fikriga ko‘ra, maydalangan qahva bilan limon bo‘lagi ichakni tinchlantirishning yaxshi usuli hisoblanadi. Aslida esa ta’sir aksincha. Chunki kofein ichaklar faoliyatini rag‘batlantiradi va shuning uchun ham diareyani kuchaytiradi.

Bosh og‘rig‘i

Kofein ba’zi og‘riq qoldiruvchi vositalar tarkibida bo‘ladi, ammo kimdir uchun bu, aksincha, migrenni keltirib chiqaradi. Shunday qilib, u yordam beradimi yoki yo‘qmi, hali aniqlanmagan.

Teri salomatligi 

Qahva ham, limon ham terining holatini yaxshilashi mumkin: ular tarkibida antioksidantlar mavjud va kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

Immunitet 

Qahva va limon ham immunitetni yaxshilaydigan vitamin va antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Ammo ichimlik qandaydir tarzda organizmning mikroblarga qarshi turish qobiliyatini jiddiy ravishda oshirishi mumkinligini tasdiqlaydigan tadqiqotlar yo‘q. Kamroq kasal bo‘lish uchun qo‘llarni shunchaki tez-tez yuvish lozim.

Limonli qahva zarar yetkazishi mumkinmi?

Agar ko‘p iste’mol qilinsa, birgalikda bu mahsulotlar organizmga zarar yetkazishi mumkin. Chunki ular alohida holatda ham me’yordan oshirilsa, bir qancha xavf tug‘dirishi mumkin. Haddan tashqari ko‘p qahva bosimni oshirishi, jig‘ildon qaynashi, asabiylashish, tashvish yoki uyqusizlikka olib keladi. Shuning uchun kuniga 4 stakandan ko‘proq ichmaslikka harakat qilish lozim.

Limon tarkibidagi kislota tish emaliga zarar yetkazadi, tishlarning parchalanishiga va jig‘ildon qaynashiga olib keladi. Shuning uchun ham limonni och qoringa iste’mol qilmaslik kerak.

От qwert.uz