Hayvonlar ham, odamlar ham — hamma esnaydi. Hatto, bola embrionlik davrida rivojlanishining 12-haftasidan boshlab esnaydi. Esnashning tasdiqlangan va muqobil sababi yo‘q bo‘lsa-da, nima uchun esnayotganimiz haqida bir nechta qarashlar mavjud. Esnash turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin va ularning hammasi ham xavfsiz emas.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “news.myseldon.com”

Esnash nima?

Esnash — bu og‘izni ochish va chuqur nafas olish, o‘pkani havo bilan to‘ldirish uchun bir necha soniya davom etishi mumkin bo‘lgan beixtiyor jarayondir.

Reklamani yopish

Biz uyqimiz kelganda esnaymiz, degan tushuncha bor. Biroq aksincha, esnash — bu miyani uyg‘otishga, diqqatni jamlashga undaydigan refleks. Esnash jarayonida organizm ma’lum bir gormonlar chiqaradi, ular qisqa vaqt ichida yurak tezligini oshiradi, qon aylanishini faollashtiradi va qon bosimini me’yorlashtiradi.

Esnash vaqtida nafas yo‘llari kengayib, bo‘yin, yelka va yuz mushaklari bo‘shashadi, hissiy taranglik va stress yo‘qoladi, kayfiyat yaxshilanadi. Esnash, shuningdek, ko‘z yosh bezlarning faolligini oshiradi (ba’zan hafsala bilan esnaganda, ko‘z yosh to‘kilishi ham shundan).

Biz nega esnaymiz?

Esnash ko‘pincha charchoq, zerikish va shu zahoti Morfey(qadimda yunonlarning Uyqu xudosi)ning qo‘liga tushish istagi bilan bog‘liq, ammo yana bir nechta sabablar, nazariyalar mavjud.

Ayrim olimlarning fikricha, biz miyamizni sovutish uchun esnaymiz: esnash paytida chuqur nafas olamiz, kirgan havo esa miyamizni biroz sovutadi. Bundan tashqari, jag‘ning pastga tortilishi miyaga borayotgan qon oqimini oshiradi, bu yana bir sovutish omilidir. Biroq, esnash paytida miyaning harorati haqida hozircha aniq ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, esnash bizga ibtidoiy odamlardan meros bo‘lib, ular uchun aloqa vositasi bo‘lgan. Odamlar tovush yordamida muloqot qilishni boshlashdan avval, xabarlarni esnash orqali bir-biriga yetkazganlar. Zerikish va uyquchanlikdan tashqari, qadimgi odamlar uchun esnash ularning boshqalarga nisbatan ehtiyotkorligining belgisi yoki ular esnashdan boshqa aloqa vositasi sifatida foydalangan bo‘lishlari ehtimoldan holi emas.

Esnashning “yuqumliligi” buni tasdiqlaydi: qarama-qarshi o‘tirgan insonning esnashi bilan bizning og‘zimiz ham beixtiyor xuddi shunday qila boshlaydi. Esnashning yuqumliligi sizning qanchalik empatik ekanligingizga bog‘liq. Inson qanchalik hissiyotli va kirishimli bo‘lsa, jarayon tashabbuskoridan keyin uning esnash ehtimoli yuqori. Buning sababi bosh miya yarim sharida yon-atrofdagi odamlarning holatiga aks ta’sir ko‘rsatuvchi neyronlar faoliyati bog‘liq.

Esnash sog‘liqda muammolar borligidan dalolat beradi

Foto: “novochag.ru”

Haddan tashqari esnashga me’yorda uxlamaslik, muntazam davom etgan uyqusizlik, narkolepsiya va uyquchanlikka olib keladigan ko‘plab dori vositalarining qabul qilinishi sabab bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, odam kislorod yetishmovchiligini boshdan kechirganda yoki quloqlari bitib qolganda esnaydi. Esnash noto‘g‘ri yotib qolishning natijasi ham bo‘lishi mumkin. Tana uzoq vaqt noqulay holatda turib qolsa, ko‘krak qafasi siqiladi va o‘pka faoliyatiga to‘sqinlik qiladi.

Tez-tez esnash yurak-qon tomir va autoimmun kasalliklar, surunkali gipotenziya alomati ham bo‘lishi mumkin. Surunkali migren, epilepsiya yoki insult bilan og‘rigan bemorlarda esnash ko‘p kuzatiladi.

Agar biror kishi uyqu vaqtida esnasa, bu uning nihoyatda charchaganini, xurrak yoki ortiqcha vazndan aziyat chekayotganini anglatadi.

Esnashni qaytarish mumkinmi?

Jag‘ingizni qisib turish yoki yon tomonga burish orqali esnashni bostirish har doim ham to‘g‘ri qaror emas. Bu tanani ayni vaqtda zarur bo‘lgan kislorodning ma’lum qismidan mahrum qiladi.

Esnash ish vaqti avj pallasida yoki mas’uliyatli voqea oldidan esnash tutib qolsa, undan osonlik bilan dan xalos bo‘lish uchun bir necha daqiqa ajrating, biroz toza havoda piyoda yuring. Shuningdek, saqich yoki bir finjon qahva esnashni yengishga yordam beradi.

Esnash “yuqumli” odatga aylanmasligi uchun, masalan, agar esnash noo‘rin vaziyatga to‘g‘ri kelsa, esnagan odamdan yuzingizni boshqa tarafga buring, diqqatingiz markazini o‘zgartiring. Hech nima xalaqit bermagan payt, salomatligingiz uchun esnayvering!

От qwert.uz