Miriqib uxlash uchun 5 ta muhim tavsiya

Ko‘p hollarda hayotimizdagi eng oddiy o‘zgarishlar ham uyqu sifatiga ta’sir qilishi mumkin. Yaxshi uyqu uchun quyidagi tavsiyalarni sinab ko‘ring, ular haqiqatan ham yordam beradi, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.

Uxlashga yotishdan 2-3 soat oldin ovqatlanmang — buning vazningiz uchun ham foydasi bor

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Fiteria.ru”

Kechasi ovqat hazm qilish jarayonlari sekinlashishi kerak. Juda kech ovqatlansangiz, jigar tungi nazoratni o‘z zimmasiga oladi va bu haqda sizni norozilik bilan xabardor qiladi. Ya’ni tungi soat birdan uchgacha terlab uyg‘onib ketsangiz, buning sababi jigar faoliyatining buzilishidir.

Salqin xonada uxlang

Foto: “Noviy ochag”

Miyaning uyquga mas’ul bo’lgan qismlari hatto, 0,4 gradus o‘zgarishga ham reaksiyaga kirishadi. Yotoqxonadagi ideal harorat 15-19 gradus. Biroq, xonani muzlatib yubormang: o‘zingizga qulay sharoit yarating. Toza havo uyquning yaxshi bo‘lishiga yordam beradi, shu bois dam olish xonasini tez-tez shamollating.

Gadjetlaringizni chetga olib qo‘ying!

Foto: “Yandex”

Gadjetlarga yotoqxonada o‘rin yo‘qligi haqida ko‘p aytilgan. Ekran yorug‘ligi melatonin ishlab chiqarishni 20 foizga kamaytirishi mumkin. Shu bois yotishdan bir yoki ikki soat oldin ekranlardan yiroqlashing. Bundan tashqari, tadqiqotchilar telefonni karavot yonida saqlaydigan odamlar uyquga nisbatan sezgir bo‘lib qolishini qayd etdilar: hatto, o‘zlari istamasa, ularning ongi xabar va qo‘ng‘iroqlar kutadi.

Sog‘lom uyqu muntazam jismoniy mashqlarni talab qiladi

Foto: “Yandex”

Yana ta’kidlaymiz — muntazam. Kech tushdan keyin kross-fit “janglar”, aksincha, adrenalinni oshiradi, shuning uchun tungi uyqu sifati o‘sha kuni faqat yomonlashadi. Odatda, kun davomida jismoniy yukni taqsimlashingiz kerak. Shahar sharoitida sport zaliga borish, qo‘shimcha tarzda piyoda yurish yordamga keladi. Piyoda yurishga vaqt topilmasa, imkon qadar shaxsiy mashinangizni jamoat transporti bilan almashtiring. Piyoda yurish salomatlik va farovonlikni yaxshilash uchun eng foydali vositalardan biridir.

Yotishdan oldin ertangi kun uchun qilinadigan ishlar ro‘yxatini tuzing

Foto: “Noviy ochag”

Ertaga qilinadigan ishlar ro‘yxatini yozgan odamlar yaxshiroq uxlab qolishlarini tasdiqlovchi tadqiqotlar mavjud. Buning ehtimoliy tushuntirishlardan biri shuki, miya shu tariqa “mas’uliyat”ning bir qismini qog‘ozga o‘tkazadi.