Tizzalarning og‘rishi, og‘riqning asta-sekin kuchayib borishi yuzaga kelayotgani artrit belgilari bo‘lishi mumkin. “Noviy ochag” nashri artrit belgilari haqida ma’lumot berdi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Yandeks.ru” 

Harakat paytida tizzadan ovoz chiqishi

Harakatlanish paytida tizzangizdan g‘irchillash va shunga o‘xshagan turli xil tovushlar chiqayotganini eshitsangiz, artrit haqida tashvishlanish vaqti keldi. Bu tovushlar bo‘g‘imning maxsus suyuqlik bilan himoyalanmaganligi va bir-biriga ishqalanishi belgisi bo‘lishi mumkin, vaqt o‘tishi bilan bu bo‘g‘imning yemirilishiga va jiddiy shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Og‘riqning asta-sekin kuchayishi

Tizzalardagi og‘riq ham artrit belgisi hisoblanadi, bunday holatda og‘riqning asta-sekin kuchayib borishiga e’tibor berish kerak. Avvaliga og‘riqni faqat ertalab yoki uyg‘onganingizdan so‘ng his qilishingiz mumkin, biroq vaqt o‘tishi bilan bu tez-tez va uzoq davom etishi mumkin. Og‘riq qolishini kutmang, shifokoringizga murojaat qiling va chora ko‘ring.

Harakat paytida og‘riqning kuchayishi

Artritdagi og‘riqlar harakat davomida kuchayishi mumkin, bu holatda shifokorlar harakatni cheklamaslikni maslahat beradi, buning o‘rniga, suzish yoki yurish kabi yumshoq mashqlar bo‘g‘imlarda suyuqlik aylanishini yaxshilash va yallig‘lanishni kamaytirish orqali bo‘g‘imning ishlashiga yordam beradi. Shuning uchun, agar mashq paytida og‘riq sezsangiz, shifokor bilan maslahatlashing, biroq harakatni to‘xtatmang.

Shishgan yoki deformatsiyalangan tizzalar

Tizzadagi yallig‘lanish jarayoni yengil shishni paydo qilishi mumkin, bu yallig‘lanish yoki suyuqlik to‘planishidan darak beradi. Odatda, shish juda katta bo‘lmaydi, biroq uni payqash qiyin emas. Tizzangizning o‘lchami yoki shaklidagi har qanday o‘zgarishlarga e’tibor bering va deformatsiyaning birinchi belgisida shifokorga murojaat qilishni unutmang.

Yog‘ingarchilik paytida og‘riq paydo bo‘lishi

Artrit haqiqatan ham barometr bo‘lishi mumkin: artrit bilan og‘rigan bemorlarning taxminan 70 foizi nam va yomg‘irli havoda ko‘proq og‘riqni his qilishini aytadi. Tadqiqotchilar hali bu hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlay olmagan, biroq yomg‘ir yog‘ishidan bir kun oldin yoki yomg‘ir paytida yomonlashadigan tizza og‘rig‘i artrit rivojlanishining alomati bo‘lishi mumkinligini tasdiqlashgan.

От qwert.uz