Oyoqlarning uvishishi — oyoqlarda sezuvchanlikning pasayishi tufayli yuzaga keladi, ko‘pincha uvishish oyoqlarda sanchish, kuchsizlik, sovush, tortishish kabi belgilar bilan birga bo‘ladi. Bunday alomatlar nerv tomirlari retseptorlari shikastlanishi natijasida impulslarning uzatilishi va oyoq to‘qimalarida qon aylanishi buzilishi oqibatida kelib chiqadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Yandex

Sabablari:

  • Umurtqa pog‘onasi kasalliklar: osteoxondroz, umurtqa diskining churrasi, spondilez — umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlari tog‘ay qismida distrofik o‘zgarishlar, nerv tomirlarining siqilishiga olib keladi va oyoqlar uvishishi paydo bo‘ladi. Bunda qo‘shimcha: umurtqa bo‘ylab ayniqsa bel qismida og‘riq , oyoq harakatining cheklanishi, mushaklarda tortishish kuzatiladi.
  • Qandli diabet kasalligi: mayda tomirlarning va nerv tomirlari retseptorlari shikastlanishi oqibatida oyoqlarda uvishish paydo bo‘ladi. Shuningdek, oyoqlarda “chumoli yurgandek” bo‘lishi, og‘riq, ayniqsa ko‘p yurganda, issiq narsa tasirini yaxshi sezmaslik gohida hatto teri kuyib qolishiga sabab bo‘ladi.
  • Miyada qon aylanishi buzilishi: ateroskleroz, miya qon tomirlari trombozi, insultning boshlang‘ich davri — miya impulslarini oyoq nerv tomirlariga uzatilishi buziladi. Bundan tashqari, bosh aylanishi, boshda og‘riq, mushaklar tortishishi, oyoq to‘qimalarda “lovullash”, sanchiq paydo bo‘lishi mumkin.
  • Onkologik kasalliklar: bosh yoki orqa miyada o‘simta paydo bo‘lishi, nerv tomirlarini siqishiga olib keladi. Shuningdek, boshda yoki belda muntazam og‘riq, harakat muvozanatining buzilishi, ko‘ngil aynishi, ko‘rish yomonlashishi mumkin.
  • Qon tomirlari kasalliklari: endoartrit, tromboflebit, ateroskleroz, Reyno kasaligi— oyoq arterial tomirlarni qon aylanishini buzilishi oqibatida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, oyoq terisi paypaslaganda sovuq, ko‘kimtir rangda, yurganda, oyoqlarni buklab o‘tirganda og‘riq bo‘ladi.
Foto: Yandex

Oyoqlarning uvishishi jiddiy alomat, uni etiborsiz qoldirmaslik kerak. Nevropatolog shifokoriga murojaat qilib, qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tib, sababini aniqlab davolash zarur.

От qwert.uz