Yo‘tal nafas olish tizimi kasalliklarida juda keng tarqalgan noxush belgidir. O‘z-o‘zidan yo‘tal sababini aniqlash mushkul. Shu bois dastavval shifokor bilan maslahatlashish yaxshiroqdir. Ammo baʼzan buning iloji bo‘lmagan holatlarga to‘g‘ri keladi. Bu holda siz kattalardagi yo‘talni qanday tinchlantirish va uning holatini yengillashtirishni bilishingiz kerak.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Noviy ochag”

Uy sharoitida yo‘talni qanday kamaytirish mumkin?

Yo‘talish shilliq ajralma, balg‘am va patogenlardan xalos bo‘lishga yordam beradigan himoya mexanizmidir. Baʼzan u juda og‘riqli kechadi. Quruq yo‘tal esa nihoyatda noqulaylik keltirib chiqaradi, shuning uchun og‘iz va burunni tez-tez namlab turish tavsiya etiladi. Bemor quruq yo‘taldan aziyat chekmasligi uchun quyidagi xalqona usullardan foydalanishingiz mumkin:

  • Ko‘krak qafasini uqalash;
  • Bug‘ ingalyatsiyasi;
  • Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan damlama va suyuqliklarni ko‘p isteʼmol qilish.

Ingalyatsiya ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Qaynatilgan kartoshka, propolis, efir moyi yoki evkalipt barglaridan foydalanish kutilgan samarani beradi. Suyuqlik yoki massa shilliq qavatlarni kuydirib qo‘ymasligi uchun haddan tashqari qaynoq bo‘lmasligi lozim. Nebulayzerdan foydalanish xususida yaxshi xulosalar mavjud. Ingalyatsiyalarni oddiy yoki tuzli suv bilan amalga oshirishning imkoni bor.

Yotal turlari

Yo‘talning ikki xil turi mavjud: quruq va nam. Quruq yo‘talda bemor ko‘proq aziyat chekadi. U ko‘krak qafasida og‘riq, terlash va tomoq og‘rig‘i bilan birga namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday yo‘tal ko‘pincha uzoq davolanishni talab etadi. Nam yo‘tal, aksincha, bronxlardan balg‘am ajralishi tufayli tezroq tuzaladi.

Shuningdek, yo‘talning davomiyligi davriy va doimiydir. Davriy yo‘tal shamollash, bronxit, o‘tkir respirator infeksiyalar va boshqa shu yuqumli kasalliklar uchun xosdir. Doimiy yo‘tal esa jiddiy kasallikning alomatidir.

Kechasi quruq yotalni qaysi yollar bilan kamaytirsa boladi?

Oddiy usullar yordamida siz kechasi quruq yo‘tal xurujini to‘xtatishingiz mumkin. Quyida eng samarali retseptlar bayon etilgan:

Kungaboqar yog‘idan suyuqlik. Tarkibi: 150 ml qaynoq suv, 2 osh qoshiq kungaboqar yog‘i, ozgina tuz. Siz tuzsiz qilishingiz ham mumkin, lekin ko‘pchilik bu suyuqlikning taʼmini xushlamaydi, aslida u odatiy bulyonga o‘xshaydi. Hammasini aralashtiring va ho‘plab-ho‘plab iching.

Gogol-mogol shirinligi. Tarkibi: bitta tuxum sarig‘i, 1 osh qoshiq suyultirilgan asal, 1 osh qoshiq eritilgan sariyog‘ va bir stakan sut. Birinchi bo‘lib tuxum sarig‘ini yaxshilab aralashtirib uning ustiga sutga qo‘shing va aralashtirishda davom eting. Keyin sariyog‘ va asalni qo‘shing. Qaynoq holda iching.

Zanjabil bilan asal. Zanjabil ildizining bir bo‘lagini maydalang. Bir stakan qaynagan suvga bir zanjabil va biroz asal aralashtirib iching.

“Yotal tutishini kamaytirish uchun boshingiz orqasiga bir nechta yostiq qoyib yoting hamda xonaga toza va nam havo almashib turishini taʼminlang”

Yotal tomoq ogrigi bilan birga paydo bolganda nima qilish kerak?

Bu paytda burunni tuzli suv bilan chayib turish tavsiya etiladi. Tuzli suv burun bitishi oldini oladi va tomoqdagi virus yo‘qolishiga yordam beradi. Suyuqlik ichish rejimi ham muhim: ko‘p va tez-tez toza suv ichib turishingiz kerak. Suyuqlik iliq bo‘lsin. Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan damlamalar, asal qo‘shilgan sut ichish foydalidir. Xonadagi havo quruq bo‘lsa, bu ko‘pincha tomoqda qichishish va yo‘talni keltirib chiqaradi. Namlagich qurilmasini bo‘lmasa, isitish radiatorlariga ho‘l sochiqlarni osib qo‘yish kerak.

Shuni yodda tutish kerakki, yo‘tal kasallik emas, balki turli kasalliklar alomatidir. Shu bois yo‘talni va bemorning ahvolini bir vaqtning o‘zida yengillashtirib, yo‘talning asl sababini bartaraf etish zarur.

От qwert.uz