Falaj insonlar fikrlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnga aylantirib beruvchi miya implanti yaratilgani ma’lum bo‘ldi

 — Manba: «Daryo» nashri.

Aytilishicha, AQSHning Stenford universiteti olimlari Govard Xyuz tibbiyot instituti tadqiqotchilari bilan birgalikda falaj insonlar fikrlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnga aylantirib beruvchi miya implantini yaratdi. 

Ushbu neyrodekoder yonlama amiotrofik skleroz kasalligiga chalingan bemorlarning bosh miya po‘stlog‘iga o‘rnatiladi. Shundan so‘ng innovatsion sensorlar yordamida inson fikrlari monitorda matn formatida namoyon bo‘ladi. 

Mazkur nanotexnologiyaning fikrni dekodlash samaradorligi va aniqligi 94 foizga teng. Bu esa mazkur toifadagi bemorlarga bir daqiqa ichida 62 so‘zni ifodalash imkonini beradi. Garchi yangi tizim kundalik foydalanish uchun to‘liq tayyor bo‘lmasa-da, u falaj insonlar bilan muloqot qilishda katta muvaffaqiyat sifatida e’tirof etilmoqda.

От qwert.uz