Mashhur san’atkorlar tomoshabinlar ko‘z o‘ngida doim go‘zal, yosh va ortiqcha kilogrammsiz bo‘lishi lozim degan fikr insonlar ongida o‘rnashib qolgan. Muxlislar talabini qondirish uchun yulduzlar sog‘lom vaznni saqlashga jiddiy e’tibor beradi, bunga ko‘p kuch va mablag‘ sarflaydi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Quyida o‘z tirishqoqligi bilan namuna bo‘la oladigan va tanib bo‘lmas darajada vazn tashlagan san’atkorlarni ko‘rib chiqamiz.

Kristina Agilera

Foto: Dzen

Amerikalik qo‘shiqchi Kristina Agilera bugungi kunda o‘z vazniga jiddiy e’tibor qaratib kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi so‘nggi fotosuratlar buni tasdiqlaydi. Bir necha yil avval xonanda farzandli bo‘lgani, ajrashgani va otasining o‘limidan tashqari, karyerasi bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlik sabab 30 kilogramm vazn to‘plagan va yoga yordamida undan xalos bo‘lgan.

Kelli Osborn

Foto: Adme

Britaniyalik qo‘shiqchi va aktrisa Kelli Osborn yoshligidan to‘lishgan qiz bo‘lgan. U 35 yoshida oshqozonni kichraytirish bo‘yicha operatsiyani boshdan kechirdi va qariyb 40 kilogrammga ozishga erishdi.

Foto: Adme

Hozirda yulduz qand kasalligi bor insonlar uchun mo‘ljallangan maxsus dorilarni shifokor tavsiyasi bilan iste’mol qiladi. Albatta, xonanda jismoniy faollik bilan shug‘ullanishni ham kanda qilmaydi.

Ariana Grande

Foto: EuropaPlus

Amerikalik xonanda Ariana Grande hayoti davomida hech qachon ortiqcha vazndan aziyat chekmagan. Ammo so‘nggi vaqtlarda yulduz turli psixologik muammolarni boshidan kechirdi va antidepressantlar qabul qila boshladi. Tabiiyki, dorilar Arianani o‘ta ozib ketishiga olib keldi.

Ariana ozib ketishdan avval
Foto: Dzen

Muxlislarning xavotirli savollariga xonanda shunday javob berdi:

Mening avvalgi qiyofam ostida sog‘lom bo‘lmagan Ariana bor edi. Bugungi ko‘rinishim mening eng sog‘lom va tabiiy versiyamdir.

Foto: Just jared

Rebel Uilson

Foto: Flectone

Filmlarda do‘mboq va kulgili qahramon obrazini gavdalantirgan aktrisa Rebel Uilson hozirda tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketgan. Ko‘p qarshi ko‘rsatmalari bo‘lsa-da, aktrisa qandli diabet kasalligi dorilari orqali ozishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Flectone

Shirinliklardan o‘zini tiya olmaydigan mendek xo‘randalar uchun bunday ozish turi yaxshi samara beradi, — deydi Uilson.

Foto: EuropaPlus

Adel

Foto: Fitnessera

Ko‘p yillardan buyon o‘z ijodi bilan muxlislarini xursand qilib kelayotgan Adel so‘nggi 3 yilda 50 kilogramm ortiqcha vazndan xalos bo‘ldi. Avallari bodipozitiv (o‘z vazni va tashqi ko‘rinishidan mamnun bo‘lish) tarafdori bo‘lgan xonanda turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgandan so‘ng sog‘lig‘iga jiddiy e’tibor qaratishni boshladi. Unga professional fitnes trenerlar, diyetologlar yordam berdi. Natijani o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin:

Foto: Fitnessera

От qwert.uz