Futszyan provinsiyasida yashovchi 35 yoshli erkak kuchli yo‘tal xuruji chog‘ida son suyagi — inson tanasidagi eng baquvvat suyaklardan birini sindirib oldi. Bu haqda “Pravila Jizni” nashri xabar berdi.
— Manba: «Daryo» nashri.
Futszyan markaziy kasalxonasining ortopediya bo‘limi oshlig‘i Dun Chjunaning so‘zlariga ko‘ra, son suyagining sinishi odatda jiddiy jarohatlar natijasida yuzaga keladi.
Bemor shifokorlarga uzoq davom etgan qattiq yo‘taldan so‘ng oyoq tomonda kuchli og‘riqni his qilganini aytdi. Qattiq og‘riq sababi odatiy titroq deb o‘ylagani uchun erkak shifokorlarga darhol murojaat qilmadi. Qadam tashlash qiyinlashib borgachgina u tibbiy ko‘rikdan o‘tishga qaror qildi.
Garchi shikastlanish alomatlari bo‘lmasa-da, rentgenogramma natijalari erkakda son suyagining singanligi ko‘rsatdi. To‘liq tekshiruvdan so‘ng aniqlanishicha, u doimiy tarzda shirin va gazlangan ichimliklar iste’mol qilgan. Bunday ichimliklarga qaramlik tufayli bemorning suyaklari nihoyatda mo‘rtlashib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, erkak hatto oddiy suv o‘rniga ham shirin gazlangan ichimliklar iste’mol qilgan.
Bunday ichimliklar tarkibida fosfor kislotasi mavjud bo‘lib, u odatiy oziq-ovqatlarda mavjud bo‘lgan kalsiy bilan iste’mol qilinganda kaltsiy fosfatini hosil qiladi. Ushbu modda suyak zichligi va mustahkamligiga halokatli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. E’tiborlisi, son suyagi inson tayanch sistemasidagi eng qattiq va baquvvat suyakdir.