Sog‘liqni saqlash va tibbiyot haqidagi “Doktor” ilmiy-ma’rifiy telekanali organizm uchun K vitamini zarurligi haqida ma’lumot berdi, deb yozadi Sports.kz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: iStock

K vitamini yog‘da eriydigan modda bo‘lib, suyak to‘qimalarining mineralizatsiyasi va qon ivishi uchun zarur element hisoblanadi. Uning ikkita tur mavjud:

Filloxinon (K1) — bargli va yashil sabzavot ekinlarida bo‘ladi;

Menaxinon (K2) — hayvonlardan olingan oziq-ovqatlarda bo‘ladi hamda ichaklardagi bakteriyalar tomonidan sintezlanadi.

K vitamini nima uchun kerak?

  • U kalsiy sintezini faollashtiradi va buning natijasida suyaklar mustahkamlanadi;
  • K vitaminining qon ivish jarayonida ishtirok etadi;
  • Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.

K vitaminiga boy mahsulotlarga:

  • don mahsulotlari;
  • yashil bargli sabzavotlar;
  • baliq yog‘i;
  • soya o‘simligi kiradi.

Inson tanasida K vitamini yetishmovchiligini ko‘rsatadigan alomatlarga:

  • burun qonashi;
  • tishlarni tozalash vaqtida milklarning qonashi;
  • turli yara va shikastlarning uzoq muddat davomida bitishi;
  • tanada tez-tez ko‘karishlar paydo bo‘lishi;
  • ayollarda hayzning uzoq davom etishi va me’yordan ortiq bo‘lishi;
  • qon bosimining pasayishi;
  • bosh aylanishi;
  • diareya kabilar kiradi.

K vitaminining asosiy biologik vazifasi qon aylanishi to‘la ta’minlashdir. U koagulyatsiya jarayonida ishtirok etadigan o‘n uchta oqsildan to‘rttasini ishlab chiqaradi. Shu sababli immun tizimi mustahkam bo‘lishida K vitaminining o‘rni kattadir.

От qwert.uz