Jaziramada o‘zingizni yomon his qilyapsizmi? Buning sababi qon bosimi bo‘lishi mumkin

Manba: Google Images

Jazirama kunlarda odatdagidan sekinroq harakat qilishni istaymiz, boshimiz og‘irlashadi, kuchimiz esa tobora kamayib borayotgandek tuyuladi. Bunday kunlarda tonometr ko‘pincha noodatiy past raqamlarni ko‘rsatadi va bu tasodif emas. Organizm jaziramaga ana shunday munosabat bildiradi — bu oddiy fiziologik holat bo‘lib, o‘zingizni yaxshiroq his qilish uchun uni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Nima uchun organizm jaziramada qiynaladi?

Yuqori haroratga javoban qon bosimining pasayishi — evolyutsiya davomida bizda shakllangan moslashuvdir. Sodda qilib aytganda, tana qizib ketmaslik uchun tom ma’noda qon bosimini “qurbon qiladi”. Agar bu mexanizmni tushunsangiz, o‘zingiz bilan kurashishni darhol to‘xtatib, tanangizga yordam berishni boshlashingiz mumkin.

Надвигается жара: 5 вещей, которые нужно знать водителям :: Autonews

Qon tomirlar kengayadi

Havo issiq bo‘lganda, tana sovish rejimini yoqadi: teri yuzasiga iloji boricha ko‘proq iliq qon kelib, o‘z issiqligini atrof-muhitga chiqarishi uchun periferik tomirlar va kapillyarlar kengayadi. Tomirlar bo‘shlig‘i kattalashgani sababli ularning ichidagi bosim ham tabiiy ravishda pasayadi.

Suyuqlik ter bilan chiqib ketadi

Faol terlash — termoregulyatsiyaning asosiy vositasidir. Ammo yo‘qotilgan suyuqlik o‘z vaqtida to‘ldirilmasa, tanada aylanayotgan qon hajmi kamayadi. Qon quyuqlashadi, miqdori ozayadi va bosim pasayishda davom etadi.

Qon oqimi qayta taqsimlanadi

Asosiy qon oqimi periferiyaga, ya’ni teriga yo‘naladi. Shu paytda miya va ichki a’zolar odatdagidan biroz kamroq kislorod oladi. Shuning oqibatida yengil bosh aylanishi, keskin o‘rindan turganda ko‘z oldi qorong‘ilashishi kuzatiladi.

Исследование: жертвами рекордной жары в Европе могли стать до 2300 человек  - BBC News Русская служба

E’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan simptomlar:

  •  to‘satdan holsizlik va “oyoq tortmayotgani” hissi;
  • o‘rindan turganda ko‘z oldining qorong‘ilashishi yoki parda paydo bo‘lishi;
  • tana harorati yuqori bo‘lganida sovuq va yopishqoq ter chiqishi;
  • aniq sababsiz ko‘ngil aynishi;
  • pulsning bo‘g‘iq yoki siyrak urishi;
  • hatto tinch holatda ham havo yetishmasligi hissi.

Agar bu belgilardan kamida ikki-uchtasi bir vaqtning o‘zida yuzaga kelsa, bu shunchaki kutib yoki chidab o‘tirishga urinish emas, balki to‘xtash uchun ishoradir.

Qon bosimi keskin tushib ketsa, nima qilish kerak?

Изнуряющая жара негативно сказывается на здоровье внештатных работников в  Индии.

Agar qon bosimi keskin tushib ketgan bo‘lsa, vahima holatni yanada og‘irlashtirishi sababli, xotirjam va izchil harakat qilish lozim.

1. Yoting va oyoqlaringizni yurak sathidan balandroq ko‘taring

Oyog‘ingiz ostiga sumka, o‘ralgan kurtka yoki biron-bir yostiqcha qo‘ying. Bu bir necha daqiqada miyaning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydigan eng oddiy usuldir.

2. Salqin joyga o‘ting

Soya joy, konditsionerli xona, soyaroq xonadagi ochiq deraza — harorati pastroq bo‘lgan har qanday joyga o‘ting.

3. Yoqa va belbog‘ingizni bo‘shating

Bunday paytda kiyimning tanani siqib turishi ortiqchadir.

4. Sekin, kichik ho‘plamlar bilan iching

Bir stakan salqin suv — aynan salqin bo‘lishi kerak, chunki o‘ta sovuq suv tomirlar spazmini keltirib chiqarib, vaziyatni yomonlashtirishi mumkin.

5. Puls uradigan nuqtalarni soviting

Bilaklarga, tirsak bukilmalariga, chakkalarga va bo‘yinga nam latta yoki salqin suv bilan kompress qilish tanadagi umumiy qizishni kamaytirishga yordam beradi.

Аномальная жара в Кыргызстане. Синоптик рассказала, где воздух прогреется  до +40°

Bunday bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?

Chanqamasangiz ham suv iching

Chanqoqlik hissi organizm suvsizlanganidan darak beruvchi kechikkan signaldir. Suvni katta tanaffuslarsiz, har 20-25 daqiqada kichik qultumlarda ichib turish zarur. Jazirama issiqda oddiy suvni mineral moddalari kam bo‘lgan suv bilan almashtirib iching. Ter bilan chiqib ketadigan elektrolitlar (natriy, kaliy, magniy) o‘rnini to‘ldirish muhim.

Ratsioningizni qayta ko‘rib chiqing

Og‘ir, yog‘li, issiq ovqat hazm bo‘lishi uchun oshqozonga ko‘p miqdorda qon kelishini talab qiladi — bu esa qon bosimini yanada tushiradi. Yozda yengil salatlar, sovuq sho‘rvalar, mavsumiy meva va sabzavotlar iste’mol qilish juda foydali.

Faollik uchun to‘g‘ri vaqtni tanlang

Soat 10:00 gacha va 17:00 dan keyin sayr qilish, mashq qilish va bog‘da ishlash xavfsiz hisoblanadi. Qolgan vaqtda jismoniy zo‘riqishni kamaytiring.

O‘rindan sekin turing

Ortostatik kollaps — o‘rindan turganda ko‘z oldining birdan qorong‘ilashishi — ayniqsa, issiq havoda tez-tez kuzatiladi. Turishdan oldin bir necha soniya o‘tirib turish bu xavfni sezilarli darajada kamaytiradi.

Spirtli ichimliklar va ortiqcha qahvadan voz keching

Alkogol qon tomirlarini kengaytiradi va organizmning suvsizlanishiga olib keladi — bu ikki karra zarbadir. Kofein qon bosimini qisqa muddatga ko‘targani bilan, uning siydik haydovchi ta’siri natijada umumiy ahvolni yomonlashtiradi.

Невыносимая жара в Мексике начала убивать даже молодежь | Техкульт

Jazirama yoz — muammo emas. Buning uchun o‘zingizga biroz e’tiborliroq bo‘lish va tana signallariga quloq solish kifoya. U sizga nima kerakligini doim aytib turadi: vaqtida suv ichish, salqinga o‘tish yoki o‘rindan sakrab turmaslik. Ana shunday oddiy narsalar jaziramadan eson-omon o‘tishga va yozni chinakamiga yengil o‘tkazishga yordam beradi.

author info

Hilola G‘iyosova

От qwert.uz