Gretsiyada 22 yil muzlatilgan embriondan bola tugʻildi (foto)

Manba: AP Photo

Gretsiyada 54 yoshli ayol 22 yil davomida muzlatib qoʻyilgan embriondan foydalanib, farzandli bo‘ldi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

 — Манба:  «Daryo» нашри.

Kristina Rapti-Tselepi va uning 60 yoshli eri 2025-yilda 21 yoshli o‘g‘li Giorgosni yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘qotgach, yana ota-ona bo‘lishni istagan. Gretsiyada ayollarga sun’iy urug‘lantirish (EKO) muolajasi faqat 54 yoshgacha ruxsat etiladi. Shu sababli er-xotin vakolatli idoradan ruxsat olishi kerak bo‘lgan.

Foto: AP Photo

“Menda bor-yo‘g‘i ikki yarim oylik muddat bor edi. Bu stressli vaziyat, lekin ichki kuch, shifokorimiz va uning butun jamoasi bilan barcha to‘siqlarni yengib o‘tdik”, dedi Rapti-Tselepi.

U 9-sentyabr kuni Afinada og‘irligi 3,49 kilo boʻlgan qizni dunyoga keltirgan. Unga Kristinaning marhum o‘g‘li sharafiga Jorjiya deb ism qo‘yilgan. Giorgios ham EKO orqali tug‘ilgan edi.

Foto: AP Photo

“Biz hayotga ikkinchi imkoniyat berishga, yangidan boshlashga, uyimizga yangi hayot olib kirishga va oilamiz tarixini davom ettirishga qaror qildik”, dedi ayol.

Rapti-Tselepining ginekologi va Gretsiya reproduktiv tibbiyot jamiyati rahbari Kostas Pantosning ta’kidlashicha, EKO muolajalari bo‘yicha yosh cheklovlarini qayta ko‘rib chiqish lozim. Buning sababi mamlakatda tug‘ilish darajasi pasayib borayotganidir.

“Menimcha, bu (ota-onalar) mahrum qilinmasligi kerak bo‘lgan huquq”, dedi u.

Juftlik yana bir farzand ko‘rishga urinishni ham istisno qilmayapti. Buning uchun xorijga borishlari ham mumkin.

Foto: AP Photo

Ma’lumot oʻrnida, 2025-yili AQSHda er-xotin 30 yildan ortiq vaqt davomida muzlatilgan embriondan foydalanib, o‘g‘il farzandli bo‘lgandi. Ushbu holat Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.123

author info

Zulfiya Karimova

От qwert.uz