Bugun millionlab odamlar uchun to‘yib uxlash oddiy ehtiyoj emas, balki jiddiy muammoga aylangan. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, vaziyat yildan yilga murakkablashib,  uyqusizlik tobora keng tarqalmoqda.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Boshqa tomondan esa sog‘liqni saqlash sanoati “mukammal uyqu”ni va’da qiluvchi vositalarni ishlab chiqishda faol raqobat qilmoqda. Ushbu muammoga haqiqatan ham samarali yechim bormi? Keling, masalaga batafsilroq to‘xtalamiz.

Uyqusizlik odatiy holga aylanib bormoqda

Zamonaviy turmush tarzi insonning tabiiy biologik ritmlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Doimiy stress, tinimsiz xabarnomalar olish, smartfon va kompyuter ekranlari, kechki uchrashuvlar hamda haddan tashqari band kun tartibi organizmning tabiiy uyqu siklini izdan chiqaradi.

Foto: Shutterstock

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra:

• kattalarning 37 foizida uyqusizlik alomatlari kuzatiladi;

• har beshinchi odam muntazam ravishda yetarli uxlamaydi;

• ayollar uyqu muammolaridan erkaklarga qaraganda ko‘proq aziyat chekadi.

Bunga oddiy qarash kerak emas. Uyqu buzilganda inson boshi berk ko‘chaga tushib qoladi: u qancha ko‘p uxlashga harakat qilsa, shuncha ko‘p xavotirlanadi, asabiylashadi va oqibatda uyqu yanada qochadi. Shu sababli “ideal uyqu”ni va’da qiluvchi mahsulotlar bozori jadal sur’atda o‘sayotgani ajablanarli emas. Xo‘sh, qaysi metodlar haqiqatda yordam beradi?

1. Uyqu uchun biologik faol qo‘shimchalar (BFQ)

Ko‘pchilik birinchi navbatda oziq-ovqat qo‘shimchalariga murojaat qiladi. So‘nggi yillarda ularning soni ko‘payib, tarkibi ham murakkablashib bormoqda.

Magniy

Magniy uyquni qo‘llab-quvvatlovchi eng mashhur moddalardan biri hisoblanadi. U asab tizimini bo‘shashtiradi, xavotirni kamaytiradi, melatonin ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlaydi va uyquning chuqurligini yaxshilaydi. Ayniqsa, surunkali stress davrida magniyga ehtiyoj ortadi.

Ammo unutmang, magniyning turli shakllari mavjud. Uyqu uchun ko‘pincha magniy glitsinat tavsiya etiladi. U yaxshi so‘riladi va tarkibidagi glitsin aminokislotasi tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

O‘simlik vositalari

Ko‘plab tinchlantiruvchi vositalarga o‘simlik ekstraktlari ham qo‘shiladi. Masalan:

• valeriana tezroq uxlab qolishga yordam beradi;

• passiflora bezovta fikrlarni kamaytiradi;

• moychechak va limonli verbena yengil tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.

Ba’zi murakkab komplekslarda organizmning stress reaksiyasini kamaytirish uchun ashvaganda (hind jensheni) yoki za’faron (shafran) ham bo‘ladi. Ammo mutaxassislar ta’kidlashicha, agar uyqusizlikning asosiy sababi bartaraf etilmasa, qo‘shimchalar kutilgan darajada samarali bo‘lmasligi mumkin.

2. Stress — uyquning asosiy dushmani

Foto: Harper’s Bazaar

Agar organizm doimo bezovtalik holatida bo‘lsa, uxlab qolish fiziologik jihatdan murakkablashadi. Surunkali stress paytida kortizol gormoni tunda ham yuqori darajada saqlanib qoladi. Oqibatda miya dam olmaydi, tana esa zo‘riqish holatida bo‘ladi.

3. Asab tizimini tartibga solish

Sog‘liqni saqlash sohasida yangi yo‘nalish mavjud. U asab tizimini, xususan, tinchlanish va tiklanish jarayonlari uchun mas’ul bo‘lgan vagus nervini faollashtirishga qaratilgan. Zamonaviy qurilmalar ushbu nervni yengil rag‘batlantirish orqali organizmni “jang qil yoki qochib qol” rejimidan “dam ol va tiklan” rejimiga o‘tkazishga yordam beradi.

Bunday texnologiyalar quyidagi natijalarni va’da qilmoqda:

• xavotir darajasining pasayishi;

• chuqurroq va sifatli uyqu;

• tezroq uxlab qolish;

• ichki xotirjamlikning kuchayishi.

Ba’zi odamlar uchun bu usullar meditatsiya yoki nafas mashqlariga qaraganda samaraliroq bo‘lishi mumkin.

author info

Sevara Soliyeva

От qwert.uz