Gazli ichimliklar semizlik, diabet va suyak muammolariga sabab bo‘lishi mumkinmi?

Kunlar isishi bilan do‘konlarda turli rang va ta’mga ega ichimliklar sotuvi ko‘payadi, ularni ayniqsa bolalar va yoshlar juda yaxshi ko‘rib ichadi. Lekin bu ichimliklarning salomatlikka ta’siri qanday? Ular organizmning qaysi tizimlariga zarar yetkazishi mumkin? Shu kabi savollarga Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Aqida Nosirova javob beradi:

 — Manba:  «Daryo» nashri.  

Nima sababdan inson organizmi uchun suv muhim hisoblanadi?

— Inson tanasidagi suv miqdori 45-75% ni tashkil etgani sababli yetarli miqdorda suv ichish organizm uchun muhim, ammo ko‘pchilik tanadagi suv balansini muvozanatda ushlamaydi. Toza suv tanadagi suyuqlik yetishmasligini to‘ldiradi, kasalliklarni yengishda ko‘maklashadi. Qahva, gazli suv, shakarli sharbat kabi ba’zi shirin ichimliklar esa aksincha, zararli bo‘lishi mumkin.

Tabiiy gazlangan suvlar ilgari qanday maqsadlarda ishlatilgan?

— Tabiiy gazlangan suvlar qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, tabiblar ulardan davolash maqsadlarida foydalangan. XVIII asrda mineral suvlar shisha idishlarda sotila boshlandi. Biroq u ancha qimmat bo‘lib, qolaversa, juda tez o‘zgarar edi. Shu boisdan ham keyinchalik bu suvlarni sun’iy ravishda gazlashtirishgan.

Gazlangan shirin ichimliklar tanani elektrolitlar bilan boyitadi. Shu tufayli ularni mutlaq zararli deb bo‘lmaydi.

Освежающие Напитки и Закуски

Gazlangan ichimliklar tarkibiga qanday moddalar kiradi?

— Karbonat angidrid konservant hisoblanadi va qadoqlarda Е290 sifatida belgilanadi. Gazlangan ichimliklar tarkibiga kiruvchi natriy benzoat oziq-ovqat mahsulotlarida konservant sifatida qo‘llaniladi. Natriy tarkibli konservantlar organizmdagi kaliy miqdorini kamaytiradi. Shirin gazlangan ichimliklar tarkibidagi shakar va kislota esa tish emal qatlamini parchalaydi. Kariyes tish ildizi va asab tolasiga yetganida tish parchalanadi.

Aksariyat shirin gazlangan ichimliklar tarkibida makkajo‘xori siropi ko‘p miqdorda bo‘lib, u ikkinchi tipdagi qandli diabet yoki yurak bilan bog‘liq xastaliklarni keltirib chiqarishga sabab bo‘lishi mumkin. Gazli shirin ichimliklar iste’molini sevuvchilarning 80 foizida qandli diabetni orttirishi ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Gazlangan shirin ichimliklar tarkibida fosfor kislotasi ham bo‘ladimi?

— Kuchli gazlangan shirin ichimliklar katta miqdorda fosfor kislotasini ham o‘zida saqlaydi. Bu kislota buyrakda tosh paydo bo‘lishi, suyak bilan bog‘liq muammolarga olib keladi. Bu kislota ta’sirida suyaklar mo‘rtlashadi va osteoporozni rivojlantirishi mumkin. Peshob bilan tanadan chiqqan fosfor kislotasi o‘zi bilan kalsiy va boshqa foydali minerallarni olib chiqadi.

Gazli ichimliklarning foydasi bormi? | Qalampir.uz

Gazli ichimliklar semirishga qanday ta’sir qiladi?

— Semirish va shirin gazli ichimliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik turli testlar va sinovlar natijasida allaqachon isbotini topgan. Bir stakan shirin gazli ichimlik ichgach, qon tarkibidagi shakar miqdori oshadi, jigar esa uglevodlarni yog‘ga aylantiradi.

Shu o‘rinda energetik ichimliklar haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz, ular tarkibidagi kofein miqdori nima uchun xavfli?

— Alkogolsiz energetik ichimliklar unchalik ham xavotirli emasdek tuyuladi. Chunki tarkibida kofein, shakar, ta’m beruvchi qo‘shimchalar va vitaminlar bor. Biroq ichimlik xavfi ushbu moddalarning konsentratsiyasida. 300 millilitrli ichimlikda ko‘p miqdorda, aniqroq aytganda, 7 finjon qahvadagidek kofein bo‘ladi, bu asab tizimi, yurak-tomir tizimiga jiddiy zarba hisoblanadi. Bundan tashqari, ular tarkibida ko‘mir kislotasi bo‘lgan kuchli gazlangan ichimlik hamdir. Yana bir jihatni ham tan olish kerakki, kuchli gazlangan ichimliklarni ishlab chiqaruvchilar xavfsiz iste’mol miqdorini ham yorliqlarda ma’lum qilishadi. Lekin iste’molchilar bunga amal qilmaydi.

O‘zbekistonda kimlar ko‘proq gazli ichimlik iste’mol qiladi?

— Yevropa Komissiyasi va Oziq-ovqat bo‘yicha tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda erkaklar ayollarga nisbatan ko‘proq alkogolsiz gazli ichimliklarni iste’mol qiladi (mos ravishda 62% va 44%), lekin ayollar orasida erkaklarga nisbatan semirish holatlari ko‘p uchraydi.

Review: I Tried the 'Healthy Coke' Drink Going Viral on TikTok - Business  Insider

Aholi salomatligini yaxshilash maqsadida ichimliklardagi shakarga yangi soliqni (aksiz markasi) joriy etish, avvalo, semirish va qandli diabet kasalliklarining sabablarini aniqlovchi ilmiy tahlil va tadqiqot o‘tkazishni talab qiladi.

Ichimliklar tarkibi qanday hujjatlar asosida tartibga solinadi?

— Gazli shirin ichimliklar tarkibiga kiruvchi bo‘yoqlar, shirinlashtiruvchi moddalar, aromatizatorlarning me’yorlari Adliya vazirligi tomondan ro‘yxatga olingan 2026-yildan kuchga kirgan xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan “Oziq-ovqat qo‘shimchalariga va ulardan foydalanishga hamda oziq-ovqat qo‘shimchalarini tamg‘alashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari” 0098-25-son SanQvaN da belgilab qo‘yilgan.

author info

Hilola G‘iyosova

От qwert.uz