Oshqozon saratoni xavfini oshiruvchi omillar ma’lum qilindi

Koreya universitetining Anam universitet klinikasi oshqozon-ichak jarrohligi bo‘limi professori Pak Son Su oshqozon saratoni rivojlanishi xavfini oshiruvchi asosiy omillarni sanab o‘tdi

  — Manba: «Daryo» nashri.

Mutaxassisga ko‘ra, Helicobacter pylori bakteriyasi, chekish, spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish hamda tuzi ko‘p mahsulotlarni tez-tez yeyish kasallik xavfini oshiradi.

Foto: Unsplash

Tadqiqotlarga ko‘ra, Helicobacter pylori bakteriyasi oshqozon saratoni xavfini qariyb ikki baravar oshiradi. Shuningdek, spirtli ichimliklar, marinadlangan mahsulotlar va chekish ham xavf omillari qatoriga kiradi. Foto: Google Images

Mutaxassis qizil go‘sht, kolbasa kabi qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari, yog‘li sut mahsulotlari va tozalangan don mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilish ham salomatlik uchun zararli ekanini ta’kidladi.

author info

Komila Qalandarova

От qwert.uz